43
olishi, ovqat hazm qilishi, o‘sishi, urchishi, qishlashi, migra-
tsiyasi va boshqa hayot jarayonlarida ham suvning harorati katta
rol o‘ynaydi.
Baliq organizmida yuz beradigan ayrim jarayonlarni tekshi-
rish natijasiga qaraganda suvning harorati ko‘rsatilsa, baliqning
jinsiy bezlari va umuman, tanasining o‘sishi hamda rivojlanishi
tezlashadi, u ovqatni ham ko‘p yeydi, tezroq hazm qiladi, gaz
almashuvi kuchayadi. Suv haroratning o‘zgarishi ko‘p hollarda
baliqqa
migratsiya qilish, urchish,
qishlash zarurligidan xabar
beruvchi signal vazifasini o‘taydi, ya’ni qo‘zg‘atuvchi ta’sirot
hisoblanadi.
Keyingi vaqtda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
baliqlar suv
haroratining nihoyatda ozgina,
hatto yuzdan bir
gradusga o‘zgarishini ham seza oladilar. Bu hodisa mo‘ljal olishda,
jumladan, migratsiya vaqtida katta ahamiyatga ega. Chunonchi,
uvuldiriq tashlash davrida sulaymonbaliqlar va losossimonlar,
treskasimonlar kabi baliqlarni ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: