44
Suvning harorati qanchalik tez o‘zgarib tursa, har qaysi ri-
vojlanish bosqichida baliqning harorati shunchalik kam o‘zga-
radi. Baliq suv haroratining o‘zgarishiga o‘zining biologik hola-
tiga qarab turlicha javob qaytaradi. Chunonchi, sulaymonbaliq-
ning uvuldirig‘i 0 dan 12 °C gacha bo‘lgan issiq haroratda ri-
vojlanishi mumkin. Ammo katta sulaymonbaliqlar manfiy ha-
roratdan boshlab 23 °C va undan ortiq issiqda ham yashaydi.
Zog‘orabaliq esa sovuqdan to 20 °C va undan ortiq issiq sha-
roitgacha hayot kechiradi. Lekin +8, +10 °C dan pastroq haro-
ratda ovqatlanadi, +15 °C dan past haroratda urchimaydi.
Suv havzasidagi gaz rejimining baliqlarga ta’siri. Suv at-
mosferadan azot, kislorod va karbonat angidrid olib, baliqlar-
ning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan zoogigiyenik muhit
yaratadi hamda suvdagi gaz miqdorining
oshib ketishi yoki
kamayishi baliqlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vodorod
sulfid va metan gazining mavjudligi esa suv havzasining anti-
sanitariya holatda ekanligidan dalolat beradi, bunday suvlarda
har xil kasalliklar xuruji kuchayib, baliqlarning ko‘plab o‘limiga
sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: