81
zarur. Lekin akvakulturaning oziqaga bo‘lgan
talabi boshqa
yetishtiriladigan jonzotlarga qaraganda ancha farq qiladi, shu-
ning uchun ham turli xil baliqlarning oziqasiga bo‘lgan talablar
ham xilma-xildir.
Proteinlar — tirik materiyaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,
baliq tanasidagi organik moddasining katta qismini tashkil etadi.
Proteinlar baliq organlari va to‘qimalarining o‘sishidagi eng muhim
28-rasm. Qisqichbaqasimonlar.
29-rasm. Òurli hasharotlar.
83
etadi. Oziqada yog‘larning yetishmasligi baliqlar o‘sishining pa-
sayishiga, fiziologik funksiyalarning buzilishiga, jigarning bu-
zilishiga, mushak tuzilishi va buyrakda patologik o‘zgarishlarga
hamda nobud bo‘lishiga olib keladi.
31-rasm. Òabiiy oziqa kompleksi.
Iste’molchi
baliqlar
Afzal ko‘riladigan
oziqalari
laqqabaliq
zog‘orabaliq
chipor
do‘ngpeshana
oq amur
oq
do‘ngpeshana
baliq
baqa
hasharotlar
qurtlar
lichinkalar
shilliqqurt
shohmo‘ylablilar
eshkakoyoqlilar
kolovratkalar
qirg‘oq bo‘yi suv
o‘simliklari
ipsimon suv o‘tlari
mikro suv o‘tlari
yirtqichlar
bentosxo‘rlar
zooplanktonlar
mikrofitofag
fitoplanktonlar
32-rasm. Ekologik omillar.
Hovuzdagi
oziqa
tizimlari
Yorug‘lik
O‘g‘itlash
Fitoplankton
va zooplank-
tonlar
Loyqa,
bentos, detrit va
bakteriyalar
Yuqori suv
o‘tlari
Suv o‘tlari va
jonivorlar
organizmlar
guruhi
84
Uglevodlar — baliqlarning o‘sishi uchun ancha arzon va qulay
manba hisoblanadi.
Mineral moddalar — turli fiziologik jarayonlar kechishini
ta’minlaydi. Baliqlar organizmiga kalsiy, fosfor, magniy, kaliy,
oltingugurt, xlor, temir, yod, mis, marganes, kobalt, qo‘rg‘o-
shin, molibden, selen, xrom kabi moddalar kerak. Bu modda-
larning katta qismini baliqlar nafaqat oziqa bilan, balki oyqu-
loqlari, og‘iz bo‘shlig‘ining pardalari va teri orqali suvdan oladi.
Vitaminlar — turli xil strukturali organik moddalar bo‘lib,
to‘qimalar hujayralaridagi kimyoviy reaksiyalar kechishida bioka-
talizator rolini bajaradi. Ular jumlasiga A
p
, B
p
, B
2
, B
3
, B
6
, B
12
,
B
c
, C, E, H, K vitaminlar kiradi. Baliqlar tanasida oqsillar kam
miqdorda biosintez bo‘ladi va u hayot uchun yetarli emas. Shuning
uchun baliqlar vitaminlarning asosiy qismini oziqa bilan oladi.
Karp baliqlarida oshqozon mavjud emas.
Shu sababli ular
oziqalarni kichik porsiyalar bilan qabul qiladi. Oziqlantirishda
oziqa tarkibida bo‘lishi lozim bo‘lgan, kelib chiqishi organik va
noorganik oziqa moddalar guruhlarining har biri ahamiyatlidir.
Baliqlarni boqishda qanday oziqa mahsulotlaridan foy-
dalaniladi? Yem o‘z tarkibidagi oziqa moddalarning yig‘indi-
siga qarab oddiy va kompleks bo‘ladi. Osiyoning agrar mamla-
katlarida, odatda, turli xil kepaklar (guruchli, o‘tli) aralashmalar-
dan va kunjaralardan (xantal, yeryong‘oq, jo‘xori, zig‘ir) og‘irligi
bo‘yicha 1:1 nisbatda foydalaniladi.
Oq amurni oziqlantirish uchun turli xil o‘simliklar — beda,
jo‘xori poyasi va boshqalardan foydalaniladi. Ratsional oziqlan-
tirish uchun o‘simliklarni kesib, maydalab, yanchish va shu holda
hovuzga solish kerak.
Ba’zida baliqlarni oziqlantirishda umumiy ovqatlanish tar-
moqlarining
qoldiqlaridan, pivo va vino ishlab chiqarish kor-
xonalarining chiqitlaridan ham foydalaniladi.
Baliqlar uchun muvozanatlashtirilgan omuxta yemlarni tay-
yorlash nisbatan rivojlangan va arzon texnologiya hisoblanadi.
Bunday yemlarni tayyorlashda mahalliy oziqa mahsulotlaridan
ham foydalaniladi. Ularga vitamin komplekslari (premikslar) va
kerakli minerallarni qo‘shish katta samara beradi.
86
Ushbu oziqalar baliq turlariga qarab omuxta yem ishlab chi-
qaruvchi zavodlar tomonidan baliq yoshiga qarab granulalangan
holida ishlab chiqariladi. Oziqalar:
— yaxshi oziqaviy xususiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni tar-
kibida protein va uglevodlar ko‘p bo‘lib, tolali birikmalar kam-
roq bo‘lishi kerak;
— juda ham arzon bo‘lishi zarur.
Qo‘shimcha oziqa sifatida turli xil manba va mahsulotlardan
foydalanish mumkin:
— o‘simliklar:
yashil qismlari, barglari, mevalari,
dukkakli
o‘tloqzor o‘simliklarning donlari (urug‘lari), changalzor, daraxt-
lar, jumladan, meva hamda sabzavotlardan;
— suv o‘tlari: suvli giatsint, ryaska, pistiya va boshqalar;
— mayda tuproq umurtqasiz hayvonlar: tuproq chuvalchang-
lari, hasharotlar, molluskalar;
— suv hayvonlari: qurtlar, yovvoyi baliqlar, golovastiklar.
Qo‘shimcha oziqa uchun ishlatiladigan materiallar:
— yer usti o‘simliklari:
yashil qismi, mevasi, bargi, duk-
kaklilar urug‘i va boshqalar.
Qo‘shimcha oziqalar baliqlarga ikki xil shaklda yetkazib beriladi:
1. Quruq oziqa: bularga boshoqli o‘simliklar doni, kunjara va
boshqalar kirib, ularni saqlash va transportirovka qilish qu-
layroqdir.
2. Ho‘l oziqalarga: hayvonlar qoni va boshqa chiqindilari,
pivo zavodi chiqindilari va boshqalar kiradi. Bu oziqalarni baliq-
larga berishdan oldin maxsus qayta ishlash talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: