95
u yoki bu belgilarning nonormal rivojlanishini alohida nazoratga
olish kerak. Katta yoshdagi ta’mirlovchi guruh baliqlari ikki yil-
lik baliqlar kabi tanlanadi. Baliqlarni hovuzlardan boshqa hovuz-
larga o‘tkazishda maqsadga muvofiq bo‘lmagan baliqlar brak qili-
nadi. Katta yoshdagi ta’mirlash guruhidagi baliqlarni tanlash ikki-
lamchi jinsiy organlarning ifodalanganligiga ko‘ra hisobga olinadi.
Zotlarni takomillashtirishda tanlash
bilan bir vaqtda naslli
baliqlarni juftlashga ham juda katta e’tibor beriladi. Ular «yaxshini
yaxshiga» qoidasiga rioya qilgan holda juftlashadi. Bu vaqtda baliq-
larning sog‘lig‘iga, eksteryeriga, go‘shtdorligiga, tangacha qop-
lami va boshqa xo‘jalik uchun qimmatli belgilariga e’tibor beriladi.
Ishlab chiqaruvchi baliqlarni tanlashda va juftlashda ularning
hayotchanligiga va mahsuldorligiga noqulay ta’sir etuvchi inbri-
dingni hisobga olish kerak. Zog‘orabaliqlarning birinchi avlodi
aka-singil baliqlar juftlanganda 10—15 % o‘sish jadalligining
pasayishi aniqlangan. Ayniqsa, uncha katta bo‘lmagan baliqchilik
xo‘jaliklarida ishlab chiqaruvchi naslli baliqlar kamchilikni tash-
kil qiladi. Inbridingning ta’sirini yo‘qotish uchun ishlab chiqa-
ruvchi naslli baliqlarni boshqa xo‘jaliklar bilan almashtirish tav-
siya etiladi yoki ikki liniya urchitish uslubidan foydalaniladi.
Naslchilik ishini yuritishda yoshi bo‘yicha juftlashga katta
e’tibor beriladi. Baliqlarning ko‘plab turida olib borilgan tad-
qiqot ishlari natijasi o‘rta yoshli baliqlardan foydalanish yaxshi
samara berishini ko‘rsatdi. Yosh va qari baliqlardan, ayniqsa,
nasl olish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Baliqlar
mahsuldorligini oshirishning barcha yangi zotlarini yaratishning
uslubi duragaylash hisoblanadi. Havza baliqchiligida zotlararo,
turiga, turlararo chatishtirishlardan foydalaniladi. Duragaylash
juda ko‘p holatlarda qator ustunliklarga ega.
Dostları ilə paylaş: