98
baliqlarining barcha yetuk erkaklarida ko‘zga tashlanadigan bel-
gisi ko‘krak suzgichlarining birinchi yonidagi ketiklaridir. Ur-
g‘ochilarida esa bu yoy silliq bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar uvul-
diriq qo‘yishga tayyor ekanligini qornidan ham bilish mumkin.
Shuningdek, suzgich qanotlarining joylanishiga hamda orqa suz-
gich qanotlarining dum tarafiga qarab bilish mumkin.
Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan
oldin boqish uchun hovuzlarga quyiladi. Odatda,
bu yaxshi
tekislangan, maydoni 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m
bo‘lgan, baliqlarni ovlash va transport yaqin kelishi uchun qulay
imkoniyatlar yaratilgan hovuzlardir.
Baliqlar bu hovuzlarda
200—300 ekz/ga zichlikda uvuldiriq qo‘yishga qadar boqiladi.
Inkubatsiya kampaniyasi mobaynida
hovuzlardan baliqlarning
kerakli soni ovlab olinadi. Zog‘orabaliqning urg‘ochilari boqila-
yotgan bunday hovuzlarga «yovvoyi» mayda sazan baliqchalari
yoki tovar to‘dasidagi zog‘orabaliqlar tushib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik kerak, chunki ular hovuzda rejalashtirilmagan uvul-
diriq tashlanishiga sababchi bo‘lishlari mumkin.
34-rasm. Erkak va urg‘ochi baliqlarni jinsiga ko‘ra ajratish.
1
2
3