114
lanishi hamda organik moddalarning mineralga aylanish jarayoni
tezlashishi uchun muvofiq sharoit yaratadi;
— suvda erigan kislorodning ko‘payishi hisobiga hovuzdagi gaz
rejimini yaxshilaydi;
— hovuz tubida yig‘ilib qolgan organik birikmalarni qisman
konservatsiyalaydi va keyinchalik ular asta-sekin minerallashadi.
Mineralga aylanish natijasida suvda azot, fosfor va boshqa shu
kabi biogenlar miqdori ko‘payadi.
Ohaklash uchun so‘ndirilmagan ohak CaO, so‘ndirilgan ohak
Ca (OH)
2
hamda tuyilgan ohaktosh CaCO qo‘llaniladi. So‘n-
dirilmagan ohakka nisbatan so‘ndirilgan ohakning neytrallash
qobiliyati 1,3 marta, ohaktoshda esa 1,8 marta kamligi tufayli ularni
kiritish miqdori ham tegishli ravishda ko‘proq bo‘ladi. Ohak
kiritishning umumiy me’yori — 1—2 s/ga.
Ohak bahorda hovuzning quruq tubiga solinadi. Bahorda ohak
azot fosforli o‘g‘itlar solinishidan 2—3 sutka oldin har 15 kunda
kiritiladi. Yozda ohak har 7—10 kunda solinib turiladi.
Baliqlarning ommaviy kasallanishida har 2—3 sutkada 1—3 s/ga
hisobidan 5—10 kun mobaynida faqat so‘ndirilmagan ohak solinadi.
Har xil kategoriyali xo‘jalik hovuzlarining tavsifi 5-jadvalda
berilgan.
Dostları ilə paylaş: