Baliqchilik asoslari


Patologoanatomik o‘zgarishlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Asosiy patanatomik o‘zga-
rishlar ko‘zning periokular pardasida, mushaklarda, perivisseral
yog‘ qatlamida, suzgich pufagida (xaltasida), qorin devorida,
yuragida kuzatilib, ularda qon quyilgan. Gemorragiya ko‘pincha
kasallikning o‘tkir oqimida kuzatiladi, surunkali oqimida esa
yo‘qoladi. O‘tkir oqimida jigar giperemiyalashgan, rangi to‘q
qizil tusda, surunkali oqimida esa oq-kulrang tusda. Gistologik
tekshirilganda gepatotsitlarning nekrotik zararlanganligi, sito-
plazmaning vakuolizatsiyasi, kariolizis va piknoz holati, jigar
parenximasida yoyilgan holatda yoki guruh-guruh bo‘lib joy-
lashgan bo‘ladi. Buyrak kasallikning o‘tkir oqimida qizil tusda,
yupqa, yuzasi silliq surunkali oqimida esa kulrang va g‘adir-budur
(âîëíèñòûé). Gistologik tekshirilganda nekrotik zararlangan,
protoplazmaning sitoplazmatik vakuolizatsiyasi, piknoz, kario-
lizis, epiteliyasining ajralishi, umumiy shishganligini ko‘rishimiz
mumkin. Qon tarkibida ham o‘zgarishlar kuzatiladi, gemoglobin
miqdori va eritrotsit soni kamayadi.
Patogenez. Virus baliq organizmiga jabrasi orqali kirib oladi.
Jabrasida va butun qon tomirning endotelial hujayrasida rivoj-
lanib ko‘payadi, so‘ngra butun ichki organ va to‘qimalarga tar-
qaladi hamda chuqur patologik jarayonni keltirib chiqaradi. Nerv
sistemasining zararlanishi oqibatida kasallikning nerv shakli
namoyon bo‘ladi. Qon tomirlar epiteliysining zararlanishida
ularning o‘tkazuvchanligi oshadi, qon quyilishlar kuzatiladi, de-
vori shikastlanadi va gemorragik holatning kelib chiqishiga sa-
bab bo‘ladi. Surunkali oqimda toksikoz oqibatida shishlar ho-
sil bo‘ladi, osmoregulatsiya jarayoni jarohatlanadi. Nerv sistemasi
zararlanganda harakat koordinatsiyasi buziladi. Giperglikemiya,
lipidlar miqdori kamaygan, elektrolitlarning konsentratsiyasi o‘z-
garuvchan, qon zardobida oqsil miqdori, ayniqsa, albuminlar
kamaygan, biroq alfa va beta globulinlar oshgan bo‘ladi.


147
Òashxis. Kasallikka tashxis kompleks usulda: epizootologik
ma’lumotlar, klinik belgilariga qarab va patanatomik o‘zgarish-
larga asoslanib qo‘yiladi. Eng ishonchli diagnoz — bu VGS vi-
rusini ajratib uni to‘qima kulturasida o‘stirish, serologik reaksiya-
lar qo‘yib identifikatsiya qilish hamda kasallikka moyil baliqlarga
bioproba qo‘yishdir.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin