Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   152
Epizootologik ma’lumotlar. Psevdomonoz bilan zog‘orabaliq,
sazan, ularning gibridlari, kumush rangli tovonbaliq, ola pe-
shanado‘ng, oq peshanado‘ng baliqlarning bir yoshdagilardan
to nasllilarigacha kasallanadi. Biroq kasallikning enzootik avj
olishi bir va ikki yoshli baliqlar orasida kuzatiladi. Psevdomo-
nozda yaqqol ko‘zga namoyon bo‘luvchi mavsumiyligi bor.
Kasallikning avj olishi qishlash davrining ikkinchi yarmida —
yanvar oyidan mart oyigacha kuzatilib, kasal baliqlarning
ommaviy nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Yosh baliqlarning
o‘limi 30—40% ga, agarda kasallik o‘tkir oqimda kechsa, barcha
kasal baliqlar nobud bo‘ladi.
Kasallikning kelib chiqishi va kuchayishiga baliqlarning qish-
lash sharoitiga qo‘yilgan veterinariya-sanitariya va zoogigiyenik
talablarning buzilishi yordam beradi. Masalan, antisanitariya
holatida turgan qishlovchi hovuzlar va unda o‘sgan suv va yerli
o‘simliklarning yoz davomida qurimasligi qo‘proq psevdomo-
nozning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bahorda, baliqlarni yayrovchi hovuzlarga o‘tkazilgandan ke-
yin kasallik to‘xtaydi va butun yoz davomida kelib chiqmaydi.
Kasallik manbayi — bu kasal va kasallanib sog‘aygan hovuzli
baliqlar hamda bosh hovuzlarda yashovchi yirtqich baliqlar
hisoblanadi.


153
Kasallikning klinik belgilari. Kasal baliqlar holsizlangan, tashqi
taassurotlarga javob bermaydi, toza suv oqimiga kelib to‘planib
qoladi. Kuchsizlangan, holdan toygan baliqlarni suv oqimi oqizib
yuborib, suv chiqarib yuboradigan uskunalarning panjalari oldida
yig‘iladi. Qishlovchi komplekslardagi basseynlarda kasal baliqlar
o‘zini passiv idora qiladi, suv yuzasiga so‘lg‘in harakatlanadi,
ularni qo‘l bilan ushlash oson. Patologik jarayonning rivojlanishi
oqibatida baliqlarda ko‘r bo‘lish, teri tangachalarining manbali
to‘kilishi va qorinning kattalashuvi (suvning to‘planishi oqibatida)
kuzatiladi. Òangachalar to‘kilgan joylardagi qora-yashil tusdagi
dog‘lar tovlanuvchi qoramtir rangga kiradi, tananing turli qism-
larida, ayniqsa, jabra qopqoqchasi yonida, ko‘krak va qorin suz-
gichlarining asosida nuqtasimon yoki manbali qon quyilgan hamda
ko‘zning oq pardasida o‘roqsimon qon quyilgan.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin