154
karp turidagi baliqlarning bir yoshdagilari yoki peshanado‘ng
baliqlari (og‘irligi 30—50 gramm) sun’iy ravishda zararlantiriladi.
Ushbu maqsad uchun 2 sutkalik kulturali bulyondan 0,1 ml
yuboriladi va 10—15 kun davomida kuzatuv olib boriladi. Qiyos-
lash maqsadida 10 ta baliqqa alohida go‘sht-peptonli bulyonning
steril holatda 0,1 ml da yuboriladi.
Akvariumda suv harorati 3—15 °C selsiy bo‘lishi kerak. Suvning
harorati qancha yuqori bo‘lsa, kasallikning klinik belgilari shuncha
tez namoyon bo‘ladi. Psevdomonozda kasallikning yashirin davri
tabiiy sharoitda harorat 2—7 °C da 1—2 oyga teng, eksperimental
sharoitda esa suv harorati +15+18 °C bo‘lganida yashirin davri
muddati qisqarib 3—5 kunni tashkil qiladi.
Mabodo ekinli (kulturali) bulyondan so‘ng tajribadagi ba-
liqlarning 50% nobud bo‘lsa, bioproba musbat deb baholanadi.
Dostları ilə paylaş: