Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152
Epizootologik ma’lumotlar. Baliqlarning kasallikka chalinish
yo‘llari va kasallikning tarqalishi kam o‘rganilgan. Ipsimon zambu-
rug‘lar tashqi muhit sharoitiga ancha chidamli bo‘lib, uzoq muddat
davomida o‘zining hayotchanligini saqlab qolish qobiliyatiga ega.
Patogenez. Zamburug‘ning ko‘p sonli shoxlangan iplarining
joylashuviga qarab shuni aytish mumkinki, infeksiya buyrakning


159
siydik kanalchalaridan boshlanib, limfoid (gemopoetik) to‘qimani
o‘rab oladi. Zamburug‘larning o‘sishi va rivojlanishi siydik
yig‘uvchi kanalchadan boshlanadi, unda zamburug‘lar tashqi
teshik orqali kirib oladi, so‘ngra ular o‘sib buyrakning oldingi
qismiga o‘tadi hamda buyrakning biriktiruvchi to‘qimasiga ham
kirib oladi. Ko‘p miqdordagi shilliq hujayralari epiteliylardan
iborat siydik yig‘uvchi kanalchalar infeksiya bilan zararlanmaydi,
biroq juda mayda, kichik kanalchalarda zamburug‘lar o‘sadi.
Oraliq to‘qimalarda, ayniqsa, chirigan to‘qimalarda zamburug‘lar
jigarrang tusdagi, qalin devorli sporalar — onidiyalarni hosil qiladi.
Klinik belgilari. Kasal baliqlar holsizlangan, bo‘shashgan,
sekinlik bilan harakat qiladi, tashqi muhit taassurotlariga kuch-
siz javob qaytaradi. Zararlangan buyrakning funksiyasi buziladi,
tanasida suv to‘planish belgilari kuzatiladi, qorin kattalashadi,
ekzoftalmiya sodir bo‘ladi, ayrim baliqlarda esa tanasidagi tan-
gachalari quruqlashib, tanadan ajraladi. Oziqa qabul qilmaydi,
o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi.
Patanatomik o‘zgarishlar. Buyraklar kattalashgan, oq-ko‘-
kimtir tusda, buyrakning orqa qismi kuchli zararlangan.
Òashxis kompleks usulda: epizootologik ma’lumotlar, klinik
belgilar va patanatomik o‘zgarishlarga asoslanib qo‘yiladi. La-
boratoriya sharoitida mikroskopik tekshiruv, ba’zan esa bio-
proba qo‘yiladi. Buning uchun sog‘lom baliqlarning siydik pu-
fagiga zamburug‘ning kulturasi yuboriladi. Kasallikning belgilari
4-haftadan keyin namoyon bo‘ladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin