Baliqchilik asoslari


Veterinariya-sanitariya ekspertizasi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   152
Veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Ixtiosporidiozning
qo‘zg‘atuvchisi odam va go‘shtxo‘r hayvonlar uchun xavfli emas.
Nosog‘lom xo‘jaliklardan ovlangan baliqlar, agarda ularning


163
tovarlik ko‘rinishi va yegulik sifati talabga javob bersa, hech qan-
day cheklovsiz iste’molga chiqariladi. Òovarlik ko‘rinishi va yegulik
sifati talabga javob bermasa, vetshifokor-ixtiopatologning xu-
losasiga ko‘ra qaynatilgandan so‘ng hayvonlarga yediriladi yoki
utilizatsiya qilinadi.
14.2. Baliqlarning invazion kasalliklari
Daktilogiroz — bu baliqlarning o‘tkir oqimda kechuvchi in-
vazion kasalligi bo‘lib, Dactylogyrus avlodiga mansub monoge-
netik so‘rg‘ichlilar (trematodalar) tomonidan qo‘zg‘atiladi. Ho-
zirda chuchuk suv baliqlarida 150 dan ortiq monogenetik turlari
parazitlik qiladi. Shundan eng patogenlisi dactylogyrus vastator,
dactylogyrus extensus va dactylogyrus anchoratus turlaridir. Ushbu
tur vakillari ko‘proq hovuzlarda urchitilayotgan baliqlarda uchrab,
ularda kasallikni avj olib ketishi va ommaviy ravishda nobud
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ko‘proq karp turidagi va o‘simlikxo‘r
baliqlar, ayniqsa, ularning yoshlari kasallikka chalinadi. Boshqa
turdagi monogeniylar, asosan, tabiiy suv havzalaridagi baliq-
larda uchrab, ular orasida daktilogiroz kasalligining avj olishini
keltirib chiqarmaydi.
Karp turidagi baliqlarning daktilogirozi — bu Dactylogyridae
oilasiga mansub dactylogyrus vastatordactylogyrus extensus va
dactylogyrus anchoratus trematodalarning parazitik qilishi oqi-
batida sodir bo‘ladi. Bu qo‘zg‘atuvchilar zog‘orabaliq, sazan va
ularning gibridlarining jabra bo‘lmalarida parazitlik qiladi. Ka-
sallik jabra bo‘lmalarining jarohatlanishi, yemirilishi, jabra ap-
parati funksiyasining buzilishi natijasida jabrada qon aylanish va
nafas olishning izdan chiqishi kuzatiladi. Daktilogirozdan ko‘p-
roq malkilar (lichinkalari) nobud bo‘ladi, biroq bir yoshdagi
baliqlar ham kasallanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin