170
e) o‘stiruvchi hovuzlardagi bir yoshli
baliqlarning girodak-
tilozga chidamliligini (rezistentligini) oshirish maqsadida to‘yimli
oziqlantirib borish;
f) yovvoyi baliqlarning (invaziya tashuvchilari) suv havzalari
yoki basseynlarga kirib qolishini chegaralash maqsadida magistral
suv tashuvchi kanallarda panjaralar o‘rnatish.
Ushbu tadbirlarni
bizlar reja asosida,
muntazam ravishda
amalga oshirsak, kasallik kelib chiqmaydi, kelib chiqqan taqdirda
ham uni tezda tartaraf etishga erishiladi.
Diplostomoz — bu baliqlarning
keng tarqalgan invazion,
gelmintoz (trematodoz) kasalligi bo‘lib, uni
Diplostomatidae oila-
siga mansub 4 ta trematoda turlarining lichinkalari — metatser-
kariylarining
(Diplostomatidae, Diplostomum spathaceum) ba-
liqlarning ko‘zida: ko‘z shishasida, ko‘zning olmasida, sklera va
retin oralig‘ida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik
ko‘z shishasining xiralashuvi, ko‘rish funksiyasining buzilishi bilan
xarakterlanadi (katarakta deb ham yuritiladi).
Dostları ilə paylaş: