174
Metatserkariylari noksimon shaklda, uzunligi 0,7—1,5 mm, eni
0,3—0,5 mm, tanasi tiniq bo‘lib, ikki qismdan iborat: oldingi —
kengaygan va keyingi — toraygan qismi. Òananing oldingi qismida
og‘iz so‘rg‘ichi, o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, oldingi qismning oxir-
rog‘ida fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan. Metatserka-
riylar teri va teriosti hujayralarida uzunligi, aniqrog‘i, diametri
0,6—0,9 mm keladigan sistaga o‘ralgan holda joylashgan. Pa-
razitning jinsiy voyaga yetgan shakli baliqxo‘r parrandalarning
ichaklarida parazitlik qiladi.
Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari
Planorbidae
oilasiga mansub chuchuk suv molluskalari. Lichinkalarning in-
vazion bosqichga yetish muddati suvning harorati, molluskalar-
ning turi va yoshiga bog‘liq bo‘lib, 75—95 kunga teng. Prepatent
muddati 3—7 kun.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik, asosan,
sobiq Ittifoq-
ning janubiy-g‘arbiy rayonlaridagi suv havzalarida ko‘p uchraydi.
Baliqlarning zararlanishi yilning bahor-yoz fasllarida kuzatiladi,
bu esa qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Posto-
diplostomozga turli chuchuk suv baliqlari (60 turdan ortiq):
zog‘orabaliq, sazan, leshch, qizilko‘z, oq amur, peshanado‘ng,
qizilqanot, tarashabaliq, vobla, chavoqbaliq, gustera, olabug‘a,
oqko‘z va boshqalar moyildir. Bu baliqlar ov qiluvchi ahamiyatga
ega. Kasallikka sezgirlari bu chavoq va segoletkalar. Kasallikning
birinchi klinik belgilari — terida qora dog‘larni paydo bo‘lishi
hisoblanadi. 10—12 kunlik chavoqlarda
ushbu klinik belgilar
ularning hayotining birinchi kunlarida namoyon bo‘ladi. Cha-
voqlar kuchli invaziyalanganda ular nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Invaziyaning intensivligi baliqlar kattalashgani sari oshadi va ay-
rim xo‘jaliklarda IE–85–100%, II–150–200 va undan ham ko‘p
miqdorni tashkil etishi mumkin. Kasallik manbayi — zararlangan
baliqlar, molluskalar va baliqxo‘r parrandalar (qarqara).
Dostları ilə paylaş: