Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152
Qo‘zg‘atuvchisi. D. renale katta qizil tusdagi parazit bo‘lib,
ayrim jinsli. Og‘iz teshigi 12 ta lablar bilan o‘ralgan, ular ikki
qator halqaga o‘xshash shaklda joylashgan. Erkaklarning uzunligi
14—40 sm, dumdagi jinsiy burmasi xuddi qo‘ng‘iroqqa o‘xshash
shaklda, spikulasi bitta, ingichka uzunligi 5—6 mm. Urg‘ochilar-
ning uzunligi 20—100 sm, vulva teshigi qizilo‘ngachning bosh-
lang‘ich qismi to‘g‘risida ochiladi. Parazitning tuxumlari oval-
simon, diametri 0,077—0,083 mm. Epitelial qobig‘ida yarim
yumaloq, unchalik chuqur bo‘lmagan xuddi kissaga o‘xshash
mayda chuqurchalar mavjud.
Biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint. Asosiy xo‘jayinlari it
va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar bo‘lsa, oraliq xo‘jayinlari oli-
goxetlar (qurtlar), rezervuar xo‘jayini esa baliqlar.
Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi dioktofimlar o‘zlarining tu-
xumlarini hayvonlarning buyragida, siydik pufagida, siydik chiqa-
ruvchi kanalida qo‘ygach, ular siydik orqali tashqi muhitga chiqarib
tashlanadi. Suvga tushgan tuxumlarning ichida 25—30 kun ichida


190
lichinka hosil bo‘ladi. Ichida invazion lichinkasi bor bo‘lgan
tuxumlarni oraliq xo‘jayinlari alimentar ravishda iste’mol
qilishganlarida, ularning ichaklarida tuxumdan lichinka chiqib
qorindagi qon tomir ichiga kirib oladi, o‘sadi, rivojlanadi, 45—
60 kun o‘tgach birinchi marotaba tullab II bosqichdagi lichin-
kaga, 3,5—4 oy o‘tgach esa ikkinchi marotaba tullab III bos-
qichdagi lichinkaga aylanadi. Òanasida invazion lichinkasi bor
bo‘lgan oligoxetlarni baliqlar iste’mol qilishganlarida, ularning
organizmida dioktofimlar o‘smaydi, rivojlanmaydi, biroq o‘zining
hayotchanligini saqlab qoladi. Ana shunday invaziyalangan ba-
liqlarni it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar iste’mol qilganlarida
kasallikka chalinadilar. Ichakning devorini teshib to‘g‘ridan to‘g‘ri
buyrak tomon harakatlanib, uning parenximasini teshib kirib
oladi, o‘sadi, rivojlanadi va 9 oydan so‘ng jinsiy voyaga yetadi.
Latent davri 3—5 yil.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin