191
toovoskopiya usulida tekshirilib, parazit tuxumlarini topib qo‘-
yiladi. Baliqlarda esa ichaklarda, qorin devorlarida kapsulaga o‘ral-
gan lichinkalarni topish asosida qo‘yiladi.
Davolash faqat jarrohlik yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Profilaktikasi. Dioktofimoz uchun nosog‘lom suv
havzalarini
aniqlash, go‘shtxo‘r hayvonlarga xom, pishirilmagan baliqlarni
yedirmaslik, dioktofimoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklarda baliq-
larni ovlash va unga ishlov berish hududlariga itlarni yo‘latmaslik,
mo‘ynali hayvonlar ratsionidan xom baliqlarni olib tashlash, baliq-
chilik xo‘jaliklarida ishlovchilar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini
amalga oshirish kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Rafidaskaridoz — bu baliqlarning nematodoz kasalligi bo‘lib,
Anisakidae oilasiga mansub
Raphidascaris acus ning ham li-
chinkalari va ham voyaga yetgan shaklining
parazitlik qilishi
oqibatida qo‘zg‘atiladi. Voyaga yetgan parazitlar yirtqich baliqlar-
ning ichaklarida, lichinkalari esa ko‘pchilik baliq turlari (ko‘-
pincha karp turidagi)ning ichki organlarida parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: