Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152
Kasallik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda ke-
chadi. Kasallikning o‘tkir oqimi 2—3 haftalik chavoqlar orasida
bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Chavoq organizmiga tushgan qo‘z-
g‘atuvchining lichinkalari turli ichki organlarga migratsiya qiladi.
Natijada jigar, suzgich pufagi, buyraklar va boshqa organlarning
funksiyasi buziladi. Hali unchalik chidamli bo‘lmagan chavoq
organizmi lichinkalarning ta’siriga ancha sezuvchan bo‘ladi. Ka-
sallikning boshlang‘ich davrida baliqlarning harakat koordi-
natsiyasining buzilishi xarakterlidir. Chavoqlar tez va tartibsiz
aylanma harakat qiladi. Bunday harakat tartibsiz yonboshiga su-
zish, suvdan otilib chiqish kabi harakatlar bilan almashib turadi.
Yaqqol klinik belgilar bilan kasallikning kechishi 1—3 kun davom
etib, chavoqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.


196
O‘lgan chavoqlarni yorib ko‘rilganda 7—12 filometroides
lichinkalari topiladi, suzgich pufagining devori yorilib ketgan
bo‘ladi. Ushbu yilgilarning nobud bo‘lishi 40—75% gacha yetib
borishi mumkin.
Agarda zararlangan baliqlar o‘lmay qolsa, kasallik uzoq davom
etuvchi surunkali oqimga o‘tib oladi. Baliqlar oriqlanadi, hol-
sizlangan harakat qiladi, jabrasi oqaradi (anemiya). Suv betiga
ko‘proq suzib yuradi, ishtahasi pasayadi. Ikki va uch yoshli
zog‘orabaliqlarda kasallik surunkali kechib, oriqlanish bilan xa-
rakterlanadi. Lichinkalar teri tangachalaridagi kissachalarga kirib
qolsa, tanada tugunchalar, shishlar, qizargan joylar paydo bo‘lib,
tangachalarning to‘kilishi, xiralashuvi kuzatiladi. Parazitlar teri
va qon tomirlarni jarohatlaydi. Ular parazitlik qilayotgan joylarda
qonli dog‘lar hosil bo‘ladi. Òangachalarning pigmenti o‘zgaradi,
mozaik (aralash-quralash) chiziqlar paydo bo‘ladi. Baliqlarning
tashqi ko‘rinishi o‘zgarib, tovarlik qiymati yo‘qoladi. Zararlan-
gan baliqlarning tana og‘irligi bir xil sharoitda o‘stirilayotgan sog‘-
lom baliqlarga nisbatan 15—25 % kamayadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin