206
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan daydib yuruvchi infuzoriyalar sistaning
qobig‘ini teshib tashqi muhitga tushadi, noksimon shaklga kiradi.
Bularning kattaligi 10
40 mkm bo‘lib, invazion bosqichga yetadi.
Daydib yuruvchi infuzoriyalar xo‘jayin organizmi bilan aloqada
bo‘lganida, ular terining epitelial qobig‘i ostiga yoki jabrasiga
faol harakatlanib kirib oladi, o‘sadi, rivojlanadi va baliqlar tana-
sida mayda yumaloq dermoidli tugunak — tanachalarni (sumka)
hosil qiladi. Shu bilan infuzoriyalarning zanjiri bog‘lanadi. Òashqi
muhitda daydib yuruvchi infuzoriyalar 55 soat davomida hayot
kechirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: