209
ning tuxum xaltasida 100—110 ta.
E.briani da esa 18—20 ta
tuxumlar bo‘ladi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi qisqichbaqalarning
tuxum xaltasida tashqi muhit harorati 18—20 °C selsiyda yosh
qisqichbaqalar (naupliuslar) rivojlanadi va tuxumdan tashqariga
chiqadi. Òuxum va yosh qisqichbaqalarning rivojlanish muddati
suvning harorat rejimiga bog‘liq. Suvda suzib yurgan naupliuslar
tullay boshlaydi. Qisqichbaqaning rivojlanish bosqichida 3 ta na-
uplial va bitta kopepod bosqichlarini ko‘rish mumkin. Òo‘rtinchi
kopepodit bosqichida jinslarning differensiatsiyasi, urg‘ochi va
erkaklarning qo‘shilish (kopulatsiyasi) jarayoni yuz beradi. Erkak
va urg‘ochi qisqichbaqalar qo‘shilgandan so‘ng erkaklari no-
bud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliqlarning jabra bo‘shlig‘iga yopi-
shib oladi. Erkak qisqichbaqalar ikki haftagacha, urg‘ochilari esa
bir yilgacha hayot kechiradi. Qisqichbaqalar tuxumdan to voyaga
yetgan bosqichining shakllanishi uchun 2—3 hafta kerak bo‘ladi.
Yoz fasli davomida qisqichbaqalarning ko‘p sonli generatsiyasi-
ning almashuvi kuzatiladi. Ergaziluslar xo‘jayin
qoni va jabra
to‘qimasi bilan oziqlanadi.
Dostları ilə paylaş: