Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152
Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv siste-
masi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan.
Bosh miya. Baliqlar va umurtqali boshqa hayvonlar nerv
naychasining oldingi qismi kalla qutisi suyaklari bilan himoya-
langan, shakli o‘zgargan boshmiyadir. Umurtqali hayvonlar bosh
miyasida beshta bo‘lim: oldingi miya, orqa miya, o‘rta miya,
miyacha va uzunchoq miya farq qilinadi. Bosh miyaning hamma
bo‘limlari baliqning hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega. Masa-
lan, miyacha hayvon harakatlarining koordinatsiyasini va muvo-
zanatini boshqaradi. Uzunchoq miya asta-sekin orqa miyaga o‘tadi.
U nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish va organizmning
boshqa muhim funksiyalarining ishini boshqarib turadi.
Orqa miya. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi, xuddi lan-
setnikniki kabi, naycha shaklida bo‘ladi. Uning orqa bo‘limi —
orqa miya umurtqalarining ustki yoylaridan hosil bo‘lgan umurtqa
kanalida joylashgan. Orqa miyadan har qaysi juft umurtqalar
orasidan o‘ngga va chapga tana mushaklari hamda suzgich qa-
notlarning ishini boshqaruvchi nervlar chiqadi.
5-rasm. Baliqning tana organlarida qon aylanish sistemasi
(tartibi) va sxemasi (shakli).
Gavda organlariga qon
tashuvchi orqa aorta
Jabra tomirlari
Qorin aortasi
Yuragi
Qorin
aortasi
Yurak
qorinchasi
Yurak
bo‘lmasi
Venasi


33
Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suyakchalarga,
teri va mushaklarga nervlar chiqadi.
Òananing turli qismidagi joylashgan sezgi hujayralaridan orqa
miyaga har xil signallar kelib turadi.
Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, baliq tanasining
sezgi hujayralaridan nervlar orqali orqa miyaga ta’sirlanish haqidagi
signallar keladi.
Baliqning nerv sistemasi sxemasi 6-rasmda berilgan.
Baliqlarning lichinka va chavoqlari, shuningdek, ayrim ba-
liqlarning o‘zi ham, asosan, planktonlar bilan ovqatlanadi. Ular
bu mikroskopik mayda yemishni g‘alvir kabi tuzilgan jabra yoy-
laridagi panjaralari bilan suzib oladi, undagi ovqat bo‘laklarini
yeb, chiqindilarni chiqarib tashlaydi. Boshqa barcha baliqlarning
ovqat tarkibi esa ular katta bo‘lgan sari o‘zgarib boradi.
Bundan tashqari, baliqlarni yeydigan ovqatlariga qarab yirt-
qich va yuvosh baliqlarga bo‘lish mumkin. Yirtqich baliqlardan
bo‘lmish akula, cho‘rtan, laqqa, piranya, arapayma, Nil ola-
bug‘asi va boshqalar turli-tuman jonivorlar, jumladan, baliqlar,
suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar,
qushlar, sutemizuvchilar, yirik umurtqasiz hayvonlar, umuman,
qimirlagan jon bilan ovqatlanadi. Òo‘g‘ri kelib qolganda o‘zi-
ning chavoqlari yoki ota-onalarini yeyishdan, hatto odamga hu-
jum qilishdan ham tap tortmaydilar.
Yuvosh baliqlarga seldlar va rapushka kabi planktonxo‘r;
buqabaliq, oqcha, navaga kabi bentosxo‘r; kefal, tog‘ay-og‘iz
kabi detritxo‘r; xumbosh, oq amur kabi o‘simlikxo‘r baliqlar
6-rasm. Baliqning nerv sistemasi.
Bosh miya
Orqa miya
O‘rta
miya
Miyacha
Oldingi
miya
Hid bilish
nervi
Uzunchoq
miya
Oraliq
miya


34
kiradi. Sachratqich baliq esa hasharotxo‘rdir. Shuning bilan birga
ko‘pgina baliqlar aralash ovqat yeydilar. Baliqlar yeydigan ovqat-
ning tarkibi ular yashaydigan suv havzasi va yil fasllariga qarab,
shuningdek, migratsiya va gidrologik hodisalar ham o‘zgaradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin