Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
Klinik belgilari. Ko‘pchilik gipovitaminoz kasalliklarida
ayrim klinik belgilar umumiydir: jumladan, ishtahaning yo‘qo-
lishi, holsizlanish, kam harakatlanish yoki kislorodga bo‘lgan
ehtiyojning ortishi, o‘sish-rivojlanishdan orqada qolish, turli
yuqumli kasalliklarga beriluvchanlikning oshishi va baliqlarning
ommaviy ravishda nobud bo‘lishi. Masalan, karp turidagi
baliqlarda ayrim zamburug‘lar tomonidan sodir etiladigan
kasalliklarning ko‘proq uchrashi, qishda ushbu turdagi baliqlarda
uyquga ketish (avitaminoz) yoki krasnuxa kasalligining ko‘proq
uchrashi kuzatiladi. Har bir gipovitaminoz kasalligi o‘ziga xos
klinik belgilar bilan kechadi.
Gipovitaminoz A kasalligida (retinolning yo‘qligi yoki yetish-
masligi natijasida) baliqlarda yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan
tashqari, ko‘z shox pardasining xiralashuvi, ko‘z to‘qimasida qon
quyilish, ekzoftalmiya, suyak to‘qimasining noto‘g‘ri o‘sishi,
shakllanishi, jabra qanotlarining shaklsizlanishi, teri pigmenti-
ning yo‘qolishi va teri qatlamining o‘zgarishi, jigar va taloqning
izdan chiqishi va nobud bo‘lish bilan xarakterlanadi. Qorin
bo‘shlig‘ida ekssudat yig‘iladi va ko‘zini parda qoplaydi.
Vitamin B yetishmasligida esa qonda leykotsit va yosh erit-
rotsitlarning ko‘payishi, jabra qopqoqchasining o‘smay qolishi,
organizmda kalsiy, magniy va temir moddasining yetishmasligi
kuzatiladi. Ushbu gipovitaminozda baliqning tana og‘irligi va
organizmdagi modda almashinuvi jarayoni juda sekinlik bilan
tiklanadi.
Gipovitaminoz A va B larning aralash shaklida organizmda
gemoglobin miqdori, eritrotsit soni kamayadi, monotsit va po-
limorf o‘zakli agranulotsitlar soni ko‘payadi, jigarda deformatsiya
va yog‘ning to‘planishi kuzatiladi, oqsil tarkibida ko‘pgina amino-
kislotalarning miqdori kamayib, ularning nisbatlari o‘zgaradi.
B guruhidagi vitaminlar yetishmasligi oqibatida turli xil
ko‘rinishdagi nerv sistemasining buzilishi, ovqat yemaslik ho-
latlari kuzatiladi. Vitamin B
1
yetishmasligi oqibatida (tiamin)
muvozanat buziladi, tananing rangi-tusi qorayadi, baliqlar ov-
qat yemay qo‘yadi, suv to‘planadi, paralich kuzatiladi, baliqlar


229
uchun zaharli to‘yinmagan yog‘ kislotalarining perekislari yi-
g‘iladi, o‘sishdan qoladi, mushaklar zararlanadi, orqa va ko‘krak
suzgichlari izdan chiqadi va baliqlarning nobud bo‘lishi bilan
yakunlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin