241
Profilaktikasi. Shikastlanishning kelib chiqish sabablarini
yo‘qotishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, baliq ov-
lashda
ishlatiladigan jihozlarni, ovlangan baliqlarni tashishda
ishlatiladigan
asbob-uskunalarni, transport vositalarini hamda
shunday tirnalishlarning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish
talab qilinadi.
Hovuzlardagi baliqlarni ovlashda baliq yig‘uvchi va to‘pla-
nuvchi chuqurlarda yoki baliq ushlovchi uskunalarda baliqlar-
ning jarohat olishlarining oldini olish maqsadida, ularda yetarli
miqdorda suv bo‘lishi shart. Baliq to‘ri suvdan ko‘tarilganida
baliqlar miqdori 5—7 kg dan, agarda ko‘tarma to‘r bo‘lsa 30—
50 kg dan oshmasligi kerak. Katta yoshdagi baliqlarni tashishda
tashuvchi idishlarda yetarli miqdorda suv bo‘lishi shart (bir
baliqning hajmiga kamida 10 marotaba ziyod suv hisobida).
1. Baliqlarni kuzda ovlashning salbiy oqibatlarini bayon eting.
2. Baliqlarni tashishda vujudga keladigan shikastlanishlarning asosiy
sababi nima?
3. Qaysi turdagi baliqlar shikastlanishni og‘ir o‘tkazadi?
4. Baliqlarni ovlash qurollari, inventarlari, tashishda ishlatiladigan
idishlarning ta’sirida kelib chiquvchi shikastlanishlar.
Dostları ilə paylaş: