Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152
NAZORAT SAVOLLARI
?


38
IV bob. 
BALIQLARNING HAYOÒIGA ÒA’SIR
EÒUVCHI ABIOÒIK OMILLAR
4.1. Suvning xossalari
Suv biosferada hayot uchun eng zarur bo‘lgan omillardan
biridir. Suvning ta’siri natijasida yer yuzida turli-tuman manzaralar
yuzaga keladi: masalan, suv ko‘pligidan botqoqlik, qamishzor,
o‘rmonlar, suv kamligidan esa cho‘l-biyobonlar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun ham suvni va uning barcha ekologik omillarini
hayot manbayi deb aytiladi. Insoniyat va hayvonot olamining
hayoti suv bilan bog‘liq: na mikrob, na o‘simlik, na odam suvsiz
yashay oladi. Binobarin, «suv yo‘q yerda hayot ham yo‘q» degan
iborani barcha xalqlarda uchratish mumkinligi bejiz emas.
Yer yuzidagi jamiki mavjudot qadim zamonlardan beri suv
va havo muhitida yashab kelmoqda. Yerda hayot uchun zarur ana
shu ikki ekologik omil paydo bo‘lgandan so‘ng dastlab suvda
shaklsiz tirik oqsil vujudga kelgan uning tadrijiy taraqqiyoti natijasida
dunyoda turli-tuman hayvonlar paydo bo‘lgan. Jonli mavjudot
ekologik sharoitning o‘zgarishiga qarab, rivojlanish jarayonida goh
atrof-muhit sharoitiga moslashuvi, goh boshqa jonivorlar bilan
o‘rin almashinuvi, ba’zi turlari qirilib ketishi, boshqa turlar vujudga
kelishi natijasida hozirgi zamondagi hayvonot dunyosi, jumladan,
odam vujudga kelgan.
Xullas, suv barcha jonli mavjudot uchun hayot manbayidir.
Ammo tabiatda shunday jonivor ham borki, suvsiz yashay olmaydi.
Bu jonivor — baliqdir. Zotan, suv bo‘lak hech bir jonzotning
hayotida baliqning hayotidagi kabi muhim rol o‘ynamaydi. Quruq-
likda yashovchi hayvonlar uchun havo qanchalik kerak bo‘lsa,
baliqqa suv shunchalik zarur. Zarurgina emas, balki baliqning
yashash muhiti, uning hayotini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Ba-
liqning tirikligi suv bilan» deydi xalqimiz, bu bejiz emas, albatta.


39
Ana shular sababli baliq hayoti haqida mufassalroq tasav-
vur berish maqsadida suvning fizik va kimyoviy xossalari hamda
ular baliq ekologiyasiga qaysi jihatlardan ta’sir qilishini qisqacha
ko‘rib o‘tamiz.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin