Baliqchilik asoslari


 Qo‘shimcha baliq turlari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152
5.2. Qo‘shimcha baliq turlari
Qora amur (Mylopharyngodon piceus) — karpsimonlar
oilasining bir turi. Amur daryosi havzasida, Sharqiy Xitoy va
Òayvan orolida tarqalgan chuchuk suv balig‘i, daryo va ko‘llarda
yashaydi. O‘rta Osiyoga 1960-yili oq amur va xumbosh baliq bilan
12-rasm. Qora amur.


56
birga keltirilgan. Bo‘yi 120 santimetrcha, og‘irligi 35 kilogramm-
gacha boradi. Ustini qoplagan qora tangachalari yirik, qorin to-
moni oqishroq. Halqum tishlari 1—2 qator, katta va yaxlit bo‘lib,
chig‘anoq kabi qattiq narsalarni xuddi tegirmon toshi singari
maydalab tashlaydi. Kichkina og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan.
Qora amur sekin o‘sadi, 7—9 yoshida voyaga yetadi. Pelagik
uvuldirig‘ini iyun-iyul oylarida, daryoning suvi ko‘tarilib, harorati
26—30 °C ga yetganida tez oqar yerlarga tashlaydi. Oziqasi
molluska, qisqichbaqa va suv hasharotlaridan iborat. Xitoyda keng
tarqalgan va ovlanadigan muhim baliqlardan biri hisoblanadi,
yiliga 300 ming sentner va undan ham ko‘proq miqdorda ovlanadi.
Qora amur O‘rta Osiyo hovuz xo‘jaliklarida ko‘paytirilmoqda.
Zarafshon oq chebagi (Leuciscus lehmanni) — karpsimonlar
oilasining bir turi. Zarafshon havzasi, Sirdaryo va uning Angren,
Chirchiq kabi irmoqlarida, Amudaryoning Surxon va Kofirnihon
irmoqlarida hamda Qashqadaryoda tarqalgan. Daryo tarmoqlari,
katta-kichik ariq va soylar, kanal va suv omborlarining qirg‘oqqa
yaqin yerlari va qo‘ltiqlarida yashaydi.
Hasharotlarning suvdagi lichinkalari, mayda molluskalar kabi
jonivorlar va suvo‘tlar bilan oziqlanadi.
Zarafshon oq chebagi ikki yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig‘ini
fevral-aprel oylarida tashlaydi, serpushtligi yoshiga bog‘liq. Kat-
talarining uvuldiriqlari 17—19 mingtacha, yoshlariniki 5—7 ming-
tacha chiqadi. Iqtisodiy ahamiyati yo‘q, lekin Zarafshon vodiy-
sida yashovchilar bu baliqni ko‘plab iste’mol qiladilar.
13-rasm. Zarafshon oq chebagi.


57
Yevropa va Shimoliy Osiyoda tarqalgan. O‘rta Osiyoda Orol
dengizida, Sirdaryo va Amudaryoda oz miqdorda uchraydi. Orqasi
ko‘kimtir-kulrang va mayda xolli, yon tomonlari sarg‘ish, qorni
oqishroq, suzgichlarida qora xollari bor. Umuman, bu baliqning
rangi yashaydigan yeriga bog‘liq. 15 santimetr, Sibirda ba’zan
kattaroqlari ham uchraydi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin