Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152
Òoshbosh tungi baliq, suv ostida, kislorod ko‘p bo‘lgan yer-
larda gala bo‘lib yashaydi. Sekin o‘sadi, lekin xo‘ra. Suv ostidagi
turli jonivorlar va uvuldiriqlar bilan, lichinkasi esa zooplankton-
lar bilan oziqlanadi. Suv toshadigan joylarda aprel-iyun oylarida
150 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Lichinkasi tuxumdan suv-
ning haroratiga qarab, 6—14 kunlarda chiqadi. Uvuldirig‘i ko‘pligi
va lichinkasi barvaqt voyaga yetishi tufayli ancha tez ko‘payadi.
O‘rta Osiyoda toshboshning xo‘jalik ahamiyati yo‘q, lekin mo‘l
bo‘lgan yerlarida ko‘plab ovlanadi. O‘tkir va qattiq tikanlari ko‘p-
ligidan uni ehtiyotlik bilan ushlash kerak.
Oq qayroq (Aspius aspius) — sheresper, govshum; karp-
namolar turkumining kenja turi, karpsimonlar oilasiga mansub.
Yevropada Shimoliy, Boltiq, Qora dengiz havzalarida, Osiyoda
Kaspiy dengizida, shuningdek, O‘rta Osiyoda Orol dengizida,
Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Sarisuv daryolarida, yirik suv
omborlarida tarqalgan. Bo‘yi 80 santimetrcha, og‘irligi taxmi-
nan 5 kilogramm. Boshi yassi, suzgichlari va labi qizil. Usti kul-
rang-ko‘kimtir, yonlari kumushrang, qorni oq.
Yirtqich va og‘zi katta bo‘lsa ham jag‘ida tishlari yo‘q, lekin
oxirgi jabra yoyida uzun va o‘tkir halqum tishlari bor. O‘ljasini
14-rasm. Oq qayroq.


58
ana shu halqum tishlari bilan g‘ajiydi. Chavoqlari bezgak chi-
vini lichinkalari bilan, kattaroq bo‘lgandan keyin baliq bilan
oziqlanadi. Oq qayroqning o‘lja tutishi juda ajoyib — u mayda
baliqlar galasiga o‘qdek otilib kirib oladi va ularni dumi bilan urib
karaxt qilib, keyin tutib yeydi. Bundan tashqari, turli hasharot-
lar, qisqichbaqalar, molluskalar, suvga tushgan ninachi va chi-
girtka kabi katta hasharotlarni ham yeyaveradi.
Dengizda va chuchuk suvda yashaydigan o‘tkinchi baliq. Orol
dengizida yashaydiganlari 3—4 yoshida voyaga yetadi, urchish
uchun avval daryo mansabida 2—3 oy yashab, kuzda daryoga
o‘tadi. Urg‘ochisi erta bahorda yarim metrdan 7 metrgacha
chuqurlikka, suvi tez oqadigan va tagi qattiq yerlarga, shuning-
dek, suvga cho‘kkan daraxt shoxlari va ildizlar ostiga 370 ming-
tacha uvuldiriq tashlaydi. Serpushtligi baliqning yoshiga bog‘liq.
Urchishdan so‘ng urg‘ochi va erkaklari dengizga qaytib, u yerda
kelgusi yilgacha hayot kechiradi.
Chavoqlari suv haroratiga qarab, ikki haftada tuxumdan
chiqadi, so‘ngra oqim bilan dengizga ketadi. Bir yoshga to‘lguncha
sohildagi suvo‘tlar orasida yashab, so‘ngra ochiq dengizga yo‘l
oladi. Bu yerda voyaga yetguncha, ya’ni 3—4 yil hayot kechiradi.
Chu daryosining Sirdaryodan uzilib va shu tufayli Orol dengizi-
dan ajralib qolishi natijasida bu daryoda oq qayroqning hayot
tarzi o‘zgarib, u o‘troq yashaydigan baliqqa aylangan.
Oq qayroqning Kaspiy dengizida tarqalgan qizillab oq marka
yoki xasham, Orol dengizida yashovchi Orol oq markasi kabi bir
necha kenja turlari bor. Bularning hammasi ovlanadigan ba-
liqlar, lekin xo‘jalik ahamiyati katta emas. Masalan, Orol oq
markasi Orol dengizi havzasida ovlanadigan baliqlarning 11—
12 foizini tashkil etadi, xolos.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin