65
boshining oldida o‘rnashgan, labi qalin, og‘zining burchaklarida
bir juftdan mo‘ylovlari bor. Yelka qanotining birinchi shu’lasi
qattiq va uchli, orqa qirrasi arra tishli.
Qorabaliq kunduzi ostidagi kamarlarga kirib yotadi, tunda
faol hayot kechiradi umuman, bu baliq pana yerlarga yashirinib
yotishni yaxshi ko‘radi. Òoshlar va
qotib qolgan loylar ustiga
yopishgan o‘simlik va jonivorlarni shox modda bilan qoplangan
o‘tkir qirrali pastki jag‘i yordamida qirib olib yeydi. Chavoqlari
mayda planktonlar, qisqichbaqalar bilan
ovqatlanadi, kattalari
esa yirtqichlarcha hayot kechiradi.
3—4 yoshida voyaga yetadi, butun yoz bo‘yi urchiydi. Mart
va aprel oylarida, hatto sentabrda ham uvuldirig‘i to‘la yetilgan
urg‘ochilariniki urchishi mumkin. Serpushtligi yoshiga bog‘liq —
kattarog‘i o‘ng mingtacha va undan ham ko‘proq uvuldiriq tash-
lashi mumkin. Uvuldirig‘ini tagi toshloq yoki qumloq, suvi sekin
oqadigan sayoz yerlarga qo‘yadi. Òuxumdan yangi chiqqan cha-
voqlari may oyidan to avgustgacha urchib turadi. Sekin o‘sadi,
20 yoshlarida eng kattasining bo‘yi 60 santimetrcha keladi, bun-
dan yirigi uchramagan.
Dostları ilə paylaş: