66
bosgan sayoz ko‘llarda yashovchi laqqa sekin o‘sadi, rangi ham
qoraroq bo‘ladi. Baliqchilar daryoda va ko‘lda yashovchi laqqalarni
bir-biridan yaxshi farqlashadi.
Laqqa O‘rta Osiyoda yashovchi barcha baliqlardan yirik. Eng
kattasining uzunligi 3 m cha, og‘irligi 200 kg keladi. Boshi yassi,
og‘zi katta, jag‘larida uchi orqaga qayrilgan bir talay mayda tishlari
bor. Pastki labida ancha uzun 4 ta mo‘ylovi, ustki labida yanada
uzunroq 2 ta mo‘ylovi bo‘ladi. Bu mo‘ylovlar tuyg‘u
organi
vazifasini bajaradi. Boshining tepasida o‘rnashgan ko‘zlari kich-
kina. Umuman, laqqa va shu oilaga
mansub baliqlar yirtqich
bo‘lganidan o‘lja tutishida ko‘ruv
organi unchalik muhim rol
o‘ynamaydi, lekin ularda tuyg‘u organi yaxshi taraqqiy topgan.
Ko‘krak va orqa suzgichlarida kuchli va silliq suyak shu’lalari bor.
Dumosti suzgichi bo‘yining yarmidan ham uzun. Laqqa yaxshi
suza olmaydi, uzoq masofaga ko‘chib yurmaydi.
Bu
baliqning terisi yaydoq, tangachalari yo‘q. Rangi o‘z-
garuvchan bo‘lib, muhitning rangiga moslashgan. Òiniq suvda
yashaydigan yosh laqqaning tanasi tim qora. Kattalarining faqat
orqa tomoni qora, yonlari esa ko‘kimtir-kulrang bo‘lib, bir talay
qo‘ng‘ir xollari bor. Katta erkaklarining oppoq qornida havo-
rang xollari bo‘ladi, loyqa suvda esa tanasi kulrang bo‘lib qoladi,
xollari ham «o‘chib» ketadi.
Uch yoshida voyaga yetadi, aprel-may oylarida urchib
500 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. 15 yoshli laqqaning bo‘yi
1,5 m, og‘irligi 20 kg bo‘ladi. Erkagi urg‘ochisiga nisbatan tez-
roq o‘sadi. Orol dengizidan tutilgan 30 yoshli laqqa 200 kg tosh
bosgan.
Laqqa yirtqich, ko‘pincha baliqlar hamda o‘rdak kabi suvda
yashovchi parrandalar bilan oziqlanadi. Ayni vaqtda suvda tushib
qolgan qushlar, kemiruvchilar kabi jonivorlarni ham yeyaveradi.
Yosh laqqalar hasharotlar va chavoq baliqlar bilan oziqlanadi.
Aholining aytishicha, laqqa ba’zan it, qo‘y singari hayvonlarga va
hatto yosh bolalarga
ham hujum qilar emish,
biroq bu hali
tasdiqlanmagan. Laqqaning iqtisodiy ahamiyati katta, u eng mazali
va yog‘li baliqlardan hisoblanadi.