Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152
Ola xumbosh (Hypophthalmichthys molitrix) — karpsimonlar
oilasining bir turi. Janubiy Xitoy daryolarida tarqalgan. Issiqsevar
va tez o‘suvchi baliq. O‘rta Osiyoga xumboshbaliqning chavoq-
lari bilan aralashib kelib qolgan. Boshi biroz katta, ko‘krak suz-
gichi ancha uzun.
Ola xumbosh suv o‘simliklari va zooplanktonlar bilan oziq-
lanadi, shuning uchun ichagi qisqaroq. Xitoyning shimolida
og‘irligi 15 kg bo‘lganida, 6—7 yoshida, Xitoyning janubida er-
taroq, og‘irligi 6—7 kg bo‘lganida 4 yoshida voyaga yetadi. O‘rta
Osiyoda esa vazni 10 kg da 5 yoshida voyaga yetadi. Mingtacha
uvuldirig‘ini suvning o‘rta va ostki qatlamlariga tashlaydi. Ola
xumbosh ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan, lekin uni O‘rta
Osiyoda hovuz xo‘jaligida ko‘paytirish choralari ko‘rilmayapti.
Ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi. Xum-
bosh O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi yirik shaharlar atrofida tash-


70
kil etilgan hovuz xo‘jaliklaridan ko‘paytirilayotganligi sababli
Òoshkent kabi katta shaharlar aholisini yangi, hatto tirik baliq
bilan to‘la ta’minlash mumkin.
Uchlabbaliq (Opsariichthys uncirostris) — karpsimonlar
oilasining bir turi. Amur havzasi, Xitoy, Yaponiya va Koreyada
tarqalgan, chuchuk suv balig‘i. O‘rta Osiyoga 1960-yili uzoq
sharqning qimmatli ovlanadigan baliqlaridan xumbosh va oq amur
chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. O‘lkamizning sharoitiga
moslashib, ko‘payib ketgan, chunonchi, Chirchiq hovuz-baliq
xo‘jaligida boqiladi.
Òabiiy tarqalgan yerlarida eng yiriklarining bo‘yi 32 sm gacha
boradi. Amur daryosida yashaydiganlarining uzunligi 16 sm gacha.
Uchlab baliqning tanasi cho‘zinchoq, tangachalari zich o‘rnash-
gan. Og‘zi keng, dumosti suzgichi ancha katta. Bu baliqning hayoti
yaxshi o‘rganilmagan.
So‘g‘yon (Barbus brachycephalus) — mo‘ylovbaliq, qoziq
shim; karpsimonlar oilasining bir turi. Orol va Kaspiy dengizla-
rida hamda ularga quyiladigan daryolarda yashaydi. Bu baliq
Farhod GESi to‘g‘onigacha, Amudaryoda esa Fayzobodning
yuqorisigacha boradi. Farhod GESi qurilganda to‘g‘on oldida
to‘planishib, undan o‘tishga harakat qilgan. Chu daryosida ham
uchraydi, Ili daryosida sun’iy ravishda ko‘paytirilgan.
So‘g‘yon O‘rta Osiyoda ovlanadigan eng yirik baliqlardan
biri. Uzunligi 120 sm gacha, og‘irligi esa 23 kg gacha boradi.
Usti tangachalar bilan qoplangan, orqa tomoni ko‘m-ko‘k,
23-rasm. Uchlabbaliq.


71
yonlari och ko‘k, qorni oq yoki sarg‘ish rangda. Boshi kichkina,
og‘zi pastga qaragan. Ustki labining atrofida 4 ta uzun mo‘ylovi
mavjud.
Dengizda qirg‘oqdan uzoqroqda yashaydi. Urchish uchun
daryoga o‘tadi, hayotning ko‘p qismini ham daryoda o‘tkazadi.
Hatto ko‘pchiligi uzoq muddatga daryoda qolib ketadi degan tax-
min ham bor. Umuman, so‘g‘yon daryoga muz erib bo‘lganidan
keyin o‘ta boshlasa ham, aksariyati iyun-avgust oylarida o‘tadi.
Daryoda uvuldiriq tashlaydigan yeriga kelasi yil sentabrda yetib
boradi. Bu muddat ichida jinsiy mahsulotlari ham pishib yetiladi.
So‘g‘yon uvuldirig‘ini daryoning suvi tez oqadigan, tagi toshloq
yoki qumloq yerlariga tashlaydi.
Serpusht baliq, uvuldirig‘ining soni 300 mingtacha, diametri
1,5—2 mm cha. Urchishdan keyin dengizga qaytadi. Daryoda aslo
ovqatlanmasligi sababli dengizga yetib borguncha ozib-to‘zib ke-
tadi, bunday baliqlarni mahalliy baliqchilar «panaxan» deb
ataydilar. Lichinkasini suv daryo mansabiga oqizib ketadi. Bir
guruh erkaklari voyaga yetgunga qadar daryoda qoladi.
So‘g‘yonning yemishi molluskalar, hasharot va ularning qurtlari
kabi turli jonivorlardan iborat. Daryoda suvo‘tlar bilan ko‘p
oziqlanadi, lekin dengizda o‘simlikni unchalik xush ko‘rib yemaydi.
Chavoqlari hasharot lichinkalari va o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Bu baliq, ayniqsa, yozda juda xo‘ra, ko‘p ovqat yeydi, shuning
uchun ham u kuzda daryoga o‘tish vaqtida juda semiz bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi baliqchiligida so‘g‘yon birinchi
o‘rinda turmaydi, chunki 1928-yildan boshlaboq uning soni ancha
kamayib ketgan. Buning sabablari, ko‘plab ovlanishidan tashqari
24-rasm. So‘g‘yon (mo‘ylovbaliq).


72
Sirdaryoda urchiydigan joylarining yo‘li Qizil O‘rda va Chordara
to‘g‘onlari bilan to‘silib qolgani, chavoqlari Amudaryodan
dengizga ketishida katta-kichik kanallarga kirib, qaytib chiqol-
may qolishidandir. Ba’zi vaqtlarda bunday kanallarga har daqiqada
50—70 talab chavoqlari kirib qoladi. Faqatgina baliq turi sifatida
emas, balki iqtisodiy ahamiyati katta, ovlanadigan baliq sifatida
ham so‘g‘yonni asrash va ko‘paytirish kerak.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin