Baliqchilik asoslari


Suvning o‘g‘itlash sifati



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152
Suvning o‘g‘itlash sifati
Baliq mahsuldorligi, kg/ga,yilda


88
— o‘txo‘r baliqlar uchun esa o‘simliklar mayda bo‘lakchalarga
kesilgan, maydalangan bo‘lishi kerak.
Bunda oziqalarni juda ham mayda bo‘lakchalarga maydalash
shart emas, chunki:
— oziqaning juda ham mayda bo‘lakchalari suvda tezda erib
ketadi, ya’ni yo‘qoladi;
— baliqlarning oziqanishi qiyinlashadi;
— katta bo‘lakchalarini esa baliqlar topolmay qolishi mumkin
va suvda chirish boshlaydi.
Oziqa koeffitsiyentini aniqlash.
Oziqlantirishning maqsadi — barcha baliqlarni oziqalar bilan
ta’minlashdan iborat bo‘lib:
— organizmning hayotiy faoliyatini (qon aylanishi, nafas olish
va boshqalar) qo‘llab turish;
— o‘sish va tiklash (masalan, ikralarni oziqaviy moddalar
bilan ta’mirlash uchun).
Agarda oziqaning sifati yoki miqdori chegaralangan bo‘lsa,
unda baliqlar o‘sishdan orqada qoladi, tana og‘irligini yo‘qotadi.
Oziqa koeffitsiyenti — bu bir kg tana og‘irligiga sarflangan
oziqa miqdorini ifodalaydi, ya’ni ma’lum bir vaqt davomida
sarflangan oziqa miqdori (Q, kg), baliqlarning necha kg o‘sgani
(DW, kg) ushbu yo‘l bilan aniqlanadi.
K = Q /DW; DW= W
2 
W
1
;
bu yerda: W
1
 — baliqni ma’lum muddatdagi oziqlantirishning
boshidagi dastlabki ko‘rsatkich; W
2
— baliqni ma’lum muddat-
dagi oziqlantirishning oxiridagi yakuniy ko‘rsatkich.
Masalan, baliqlar bir oyda 12 kg o‘sgan, buning uchun 48 kg
oziqa sarflangan. Oziqa koeffitsiyenti 4 ga teng bo‘ladi.
48 kg : 12 kg = 4.
Oziqa koeffitsiyenti oziqa sifati, baliqlarning turi, suv hav-
zasidagi tabiiy oziqa zaxirasi, suvning sifati, ob-havo, oziqlan-
tirish texnologiyasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Oziqa koeffitsiyentini aniqlashda tabiiy oziqa zaxirasi ham
hisobga olinadi.


89
Masalan, qoniqarli tabiiy oziqa zaxirasi baliqlarning 25% ga
o‘sishini ta’minlaydi. Yuqoridagi misol bo‘yicha hisoblab chiq-
qanimizda oziqa koeffitsiyenti 5,3 ga teng bo‘ldi:
— baliqlarning tabiiy oziqa hisobidan o‘sishi:
12 kg 

0,25 = 3 kg;
— qo‘shimcha oziqalar hisobidan o‘sishi:
12 kg — 3 kg = 9 kg.
Siz oziqa koeffitsiyenti asosida oziqa miqdorini aniqlashingiz
mumkin. Bu ko‘rsatkich baliqlarning 1 kg o‘sishi uchun sarf-
langan oziqa miqdoriga tengdir. Adabiyotlarda har bir oziqa tu-
rining koeffitsiyenti keltirilgan. Masalan, oziqa koeffitsiyenti 6 ga
teng bo‘lsa, unda 200—300 kg baliq olish uchun 1200—1800 kg
(200—300 kg 

6 = 1200—1800 kg) oziqa kerak bo‘ladi.
Oziqa qanday beriladi?
Omuxta yemni hovuzga un holatida solish mumkin, lekin bu
ma’lum nobudgarchiliklarga olib keladi, chunki solingan yem-
ning hammasi baliqlar tomonidan darhol yeyilmaydi, qolgan
qismi esa hovuz tubiga tushadi va chiriydi. Bundan tashqari, ushbu
holat suv sifatining buzilishiga olib keladi.
1 kg karp baliqlarini o‘stirish uchun tarkibida protein miq-
dori 23 % bo‘lgan omuxta yem xarajati 4,7 kg. Protein miqdori
pasayganda:
— 22 % bo‘lsa 4,9 kg;
— 21 % bo‘lsa 5,1 kg;
— 20 % bo‘lsa 5,4 kg.
Baliqlarning kunlik (sutkalik) oziqlanish miqdori nimalarga
bog‘liq? Baliqlarni kunlik oziqlantirish miqdori bir qancha
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan:
— baliqlarning turi va hajmiga;
— baliqlarning turi va suv haroratiga;
— baliqlarning turi va tabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish holatiga.
Baliqlarni kuniga necha marotaba oziqlantirish kerak? Siz
kuniga beriladigan oziqa miqdorini o‘lchab aniqladingiz. Buni
suv havzasiga qanday qilib kiritish kerak?


90
— 19 % bo‘lsa 5,7 kg;
— 18 % bo‘lsa 6,0 kg.
18 % da kam bo‘lsa porsiya bo‘yicha oziqa koeffitsiyenti ho-
vuzdagi o‘txo‘r baliqlar miqdoriga qarab oshadi:
— 20 % bo‘lsa 5 % ga;
— 30 % bo‘lsa 6 % ga;
— 40 % bo‘lsa 10 % ga;
— 50 % bo‘lsa 15 % ga;
— 60 % bo‘lsa 18 % ga;
— 70 % bo‘lsa 25 % ga.
Òexnologik yo‘qotish:
Sochma yemlarda — 30 %, granulalangan yemlarda — 10 %.
Suvda sekin eruvchan granulalangan oziqa aralashmalarini
qo‘llash yaxshi samara beradi. Granulalanish paytida yumshoq va
mayda fraksiyalar suvda sekin eriydigan, qattiq shaklga aylanadi.
Granulalarning kattaligi baliqlar kattaligiga moslab qilinadi.
Belgilangan omuxta yem komponentlari yaxshilab tuyilib,
elakdan o‘tkaziladi (yosh baliqlarni boqish uchun yem zarra-
chalarining kattaligi 0,3 mm dan kattaroq, baliqlarniki esa
0,6 mm dan oshmasligi kerak) va 25—30 foiz suv qo‘shib qorish-
tiriladi. Nam qorishma silindrsimon ip shaklida go‘sht qiy-
malagichdan o‘tkazib, ko‘pi bilan 3—7 mm uzunlikdagi granula
shaklida kesib maydalanadi. Òayyor granulalar xona harorati-
gacha sovitiladi, so‘ngra quritgichda issiq havo bilan (qulay kel-
gan issiqlik beruvchi moslama yordamida) quritiladi. Issiq havo
harorati 55—65 °C dan oshmasligi kerak.
Granulalangan oziqa nam xonada presslash usuli bilan tay-
yorlanadi. Presslashdan avval aralashmani 25—30 % foizgacha
avtomatik namlash apparati bilan namlanib, keyinchalik quri-
tish yo‘li bilan granulalanadi. Òa’kidlash lozimki, nam holdagi
granulalar quruq holda granulalashdan mustahkamroq hisoblanadi.
Aksariyat baliqchilik xo‘jaliklari kichik hajmdagi baliq ish-
lab chiqarish imkoniyatlariga ega ekanligini inobatga olgan holda
ayrim hozirgi kunda oziqa sifatida ishlatilmay tashlab yuborila-
yotgan mahsulotlardan oziqa tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar be-
rish maqsadga muvofiq.


91

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin