Baliqchilik asoslari


 Ishlab chiqaruvchi naslli baliqlar va ta’mirlovchi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   152
7.2. Ishlab chiqaruvchi naslli baliqlar va ta’mirlovchi
baliqlarni saqlash sharoitlari
Naslchilik ishini muvaffaqiyatli yuritish, ishlab chiqaruvchi
naslli baliqlar va ta’mirlash guruhidagi baliqlarni o‘stirishning
barcha bosqichlarida qulay sharoit yaratmasdan unga zich bo‘l-


96
magan hovuzlarda alohida saqlanadi va ular qo‘shimcha oziqlan-
tiriladi. Bunda zog‘orabaliqlar uchun odatdagi oziqa aralashmasiga
10—12 % hayvonlar mahsulotidan olinadigan oziqalar qo‘shiladi.
1 ga yozgi hovuzlarda mahsuldorligiga qarab 150—200 ga ona
baliq yoki 250—300 ga erkak baliq qo‘yiladi. Mavsumda 1—1,5 ki-
logramm tirik vazn o‘sish rejalashtiriladi. Ular ov qilib tutish-
dan keyin oziqlantirila boshlanadi. Sutkalik ratsion baliqlar og‘ir-
ligining 2—3 % ini tashkil qiladi.
Normativ bo‘yicha naslli baliqchilik xo‘jaliklarida barcha yosh-
dagi ta’mirlovchi baliqlarni alohida hovuzlarda urchitish ko‘zda tuti-
ladi. Ularning maydoni xo‘jalikning ta’mirlovchi baliqlar soniga
bo‘lgan talabiga va xo‘jalikda qabul qilingan baliqlar zichligiga bog‘liq.
Naslli va ta’mirlash guruhida baliqlar soni uncha ko‘p bo‘l-
maganda, yoshi 2 yoshga farq qiladigan baliqlarni birgalikda saq-
lash mumkin. Masalan, ikki yoshlilar bilan to‘rt yoshlilarni.
7.3. Naslli va ta’mirlash guruhidagi yosh baliqlarni
hisobga olish va baholash
Naslchilik ishini yuqori saviyada olib borish nasl va ta’mirlash
guruhidagi baliqlarni har yili bonitirovka qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bonitirovka nasl fondini va undagi o‘zgarishlarni nazorat qilishning
eng muhim tadbiri hisoblanadi.
Naslli baliqlar va katta yoshdagi ta’mirlash guruhidagi ba-
liqlarning sifati baholash (bonitirovka) belgilarining jamlamasi
bo‘yicha alohida (individual) o‘tkaziladi, bunda baliqlar yoshi,
jinsi, tangachali qoplami, individual o‘lchash va tortish (vazni,
uzunligi, tananing uzunligi va balandligi), kichik yoshli ta’mirlash
guruhidagi baliqlarning individual ko‘rsatkichlari tanlanmasdan
olingan (30—50 bosh) baliqlarning o‘lchamiga qarab aniqlanadi.
Baholash natijalariga qarab ular sinflarga ajratiladi. Òurli nasl-
larga ajratilgan baliqlar har xil hovuzlarga joylashtiriladi.
Birinchi sinfga eng yuqori mahsuldor yoshdagi (6—11 sm yosh
ona baliqlar uchun va 5—10 sm erkak baliqlar uchun), yaxshi
semizlikdagi, yuqori umumiy baho olgan, jinsiy yetilganligi yaxshi
ifodalangan baliqlar kiradi. Bunday baliqlar chavoq olish


97
mavsumida birinchi navbatda ishlatiladi. Ikkinchi sinfga birinchi
marta uvuldiriqlagan, ta’mirlash guruhidan o‘tkazilgan naslli
baliqlar, uchinchi sinfga — u yoki bu sababga ko‘ra almashinishi
lozim bo‘lgan naslli baliqlar (eksteryeri yomon, jinsiy belgilari
ifodalanmagan va qari baliqlar) kiradi.
Bonitirovka natijalarini jamlashda zog‘orabaliq quyidagi eks-
teryer ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
1) semizlik koeffitsiyenti
3
· 100;
P
K
L

bu yerda: — baliqning og‘irligi; L — boshidan tangachali qop-
lamning oxirigacha bo‘lgan tana uzunligi;
2) tana balandligi indeksi 
;
L
H
bu yerda: — baliqning eng yuqori balandligi;
3) baliq tanasining qalinligi · 100;
bu yerda: B — baliqning qalinligi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin