158
epizootiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish kerak. Birinchi
navbatda, baliqlarni saqlashning zoogigiyenik sharoitlarini yax-
shilash, suv oqimini tezlashtirish, suvni kislorod bilan boyitish,
bronxiomikozga chalingan baliqlarni muntazam ravishda ovlab,
ayniqsa, kasallikdan o‘lgan baliq jasadlarini ovlab, agarda tovarlik
ko‘rinishi buzilmagan bo‘lsa, iste’molga chiqarish, kuchli oriq-
langan baliqlarni esa termik ishlovdan so‘ng hayvon va parranda-
larga yedirish tavsiya etiladi.
Kasallik tarqalib ketmasligi uchun baliqlar harakatini cheklash,
kasal baliqlarni ovlashda ishlatilgan barcha inventarlar 2% li
formalin eritmasida bir soat davomida dezinfeksiyalanadi yoki
idishlarga solib 30
daqiqa davomida qaynatiladi, yog‘och va
metallardan tayyorlangan asbob-uskunalarni olovda kuydirib oladi.
Nefromikoz — ham zog‘orabaliq va tovonbaliq turidagi ba-
liqlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, baliq buyraklarining ipsimon
zamburug‘lar bilan zararlanishi
oqibatida kelib chiqib, kasal
baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishi
bilan xarakter-
lanadi. Bu zamburug‘
Nephromyces avlodiga kiradi. Kasallik ilk
marotaba XX asrning boshlarida 5—6 yoshdagi tovonbaliq tu-
ridagi
baliqlarda, keyinchalik karp turidagi baliqlarda G‘arbiy
Yevropa davlatlaridagi suv havzalarida topilgan. Bizda bu kasal-
lik uchramaydi, biroq boshqa davlatlardan kelib qolish xavfi bor,
shuning uchun ham asosiy e’tiborni
respublikamizga infeksiya
kirib kelishining oldini olishga qaratmog‘imiz lozim.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — ipsimon shakldagi
Nephromyces
avlodiga mansub
Nephromyces piscium (plehn) turidagi zam-
burug‘ hisoblanadi. Zamburug‘ning giflari (mitseliy)
kuchli
shoxlangan bo‘lib, eni 1,5—3 mkm. Baliq
bulyonidan tayyor-
langan jelatina oziqaviy muhitda yaxshi o‘sadi.
Dostları ilə paylaş: