Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152
Qo‘zg‘atuvchisi. Daktilogiruslarning tanasi yassi bo‘lib, uzunligi
0,75—1 mm, eni 0,15—0,38 mm ga teng, qoramtir-ko‘k tusda.
Òananing bosh tomonida 4 ta bosh bo‘lmalari mavjud bo‘lib,
unda shilimshiq modda ajratuvchi bezning chiqaruvchi yo‘li
ochiladi. Ushbu modda yordamida parazit xo‘jayinning organ va


164
to‘qimalariga yopishib oladi. Bo‘lmalar orasi bilan og‘iz teshigi
orasida pigmentlashgan 4 ta ko‘zchasi joylashgan. Ovqat hazm qi-
lish sistemasi og‘iz teshigi, tomoq, qisqa qizilo‘ngach, undan
tananing oxirgi qismida birlashgan ikkita ichak joylaridan iborat.
Òananing yon tomonida bitta urug‘don, bitta tuxumdon va sariqlik
tanasi bor. Vaginal yo‘li xitindan hosil bo‘lgan naysimon shaklda.
Erkaklik jinsiy sistemasi tananing oldingi qismida joylashgan
kopulativ naycha va tayanch qismlardan iborat. Òananing oxirgi
qismida katta ilmoqchalar bilan qurollangan ikkita markaziy
fiksator diski va 14 ta yon ilmoqchalari mavjud. Daktilogirus
turlarini bir-biridan farqlashda mustahkamlovchi ilmoqchalar va
biriktiruvchi plastinkalarning shakli va hajmi katta ahamiyatga ega.
Daktilogiruslar tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan daktilogiruslar baliqlarning
jabrasida bir sutka davomida 50 dan 100 tagacha tuxum qo‘yadi.
Òuxumlar ovalsimon shaklda, jabrada yopishib turuvchi kalta
tanachasi bor, suvga tushadi. Bahor-yoz oylarida suvning haro-
ratiga bog‘liq holda 3—7 kundan so‘ng tuxumdan uzunchoq-
ovalsimon shakldagi lichinka chiqadi. Lichinkaning tanasi tuk-
chalar bilan qoplangan bo‘lib, ular yordamida suvda suzib yuradi
va baliqlarning tanasiga, jabrasiga kirib yopishib oladi. So‘ngra
tukchalarni tashlab 7—8 kundan so‘ng jinsiy voyaga yetadi va
yana tuxum qo‘ya boshlaydi. Suv harorati pasayishi natijasida
tuxum qo‘yish jarayoni sekinlashadi yoki umuman to‘xtaydi,
tuxumning rivojlanishi esa 35—45 kunga cho‘ziladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin