Baliqchilik asoslari



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152
Qo‘zg‘atuvchilari. Girodaktiluslar juda ham mayda, urchuq-
simon shakldagi parazitlar bo‘lib, uzunligi 0,2 mm dan 1,0 mm
gacha. Parazitning bosh tomonida ikkita o‘simtasi bor. Ular-
ning har qaysi birining uchida bosh bezlari joylashgan. Ko‘zlari
yo‘q. Òananing dum (orqa) tomonida 2 ta o‘rtancha va 16 ta yon
ilmoqchalari bilan qurollangan mustahkamlovchi disk joylash-
gan. Parazit ular yordamida baliq terisida yopishib turadi. Og‘iz
so‘rg‘ichi tananing oldingi qismida, qorin tomonda joylashgan.
Og‘iz so‘rg‘ichidan so‘ng tomoq, undan esa ikkita ichaklari hosil
bo‘ladi. Ichaklarning uchi berk. Òuxumdon va urug‘donlar
tananing o‘rta qismini egallagan. Ularning orqasida esa jinsiy te-
shik ochiladi.
Rivojlanishi. Girodaktiluslar tirik tug‘uvchi parazitlardir, to‘liq
shakllangan yosh girodaktiluslarni tug‘adi. Girodaktiluslarning
kurtak, pusht xaltasida qizlik girodaktiluslar hosil bo‘ladi, ularda
ham tug‘ishidan oldin kurtaklar, pushtchalar yuzaga keladi. Bu
jarayon parazitning butun hayoti davomida takrorlanadi. Giro-
daktiluslarning yashash muddati 12—15 kunni tashkil qiladi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik zog‘orabaliqchilik min-
taqalarida qayd etilgan. Sobiq Ittifoqning shimoliy rayonlarida
kasallikni epizootik ko‘rinishi kuzatilmagan. Kasallik qishlovchi
hovuzlarda ko‘proq mart-aprel oylarida kuzatilib, epizootik
ko‘rinishda kechadi. Invaziyaning eng ko‘p rivojlanishi bahorda
havo isiy boshlagan vaqtda namoyon bo‘ladi. Asosan, zog‘ora-
baliq, sazan va ularning gibridlari hamda karp turidagi baliq-
larning segoletkalari va oq amurlarning yoshlari kasallanadi.
Biroq girodaktiluslar bilan baliqlarning malkilari (chavoqlari)
va yoshi katta baliqlar ham zararlanadi, lekin ularda invaziya-
ning jadalligi past bo‘lib, ular parazit tashuvchi bo‘lib xizmat


168
qiladi. Zararlanish darajasi 85—100% gacha yetib, invaziyaning
jadalligi 75—100 donani tashkil qilishi mumkin. Ahamiyatli o‘lim
kuzatilishi (50% va undan yuqori) mumkin.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin