171
undan bir qancha rediylar, ulardan esa dumli serkariylar hosil
bo‘ladi, ular molluskalar tanasini tark etib, suvda biroz (bir sutka)
suzib yurgach, oraliq xo‘jayinlari —
baliqlarni topib,
ularning
organizmiga teri qatlami orqali, jabra, hazm organi orqali yoki
to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zning shishasiga kirib oladi va rivojlanadi.
Serkariylar dumini tashlab qon tomirga kirib olgach, qon oqimi
bilan ko‘zning shishasi, olmachasigacha yetib keladi. U yerda
o‘sadi, rivojlanadi va invazion lichinka — metatserkariyga ayla-
nadi. Baliqxo‘r parrandalar zararlangan baliqlarni iste’mol qil-
ganlarida kasallikka chalinadilar. Prepatent davri 4—5 kun. Ba-
liqlar organizmida metatserkariylar 4 yilgacha o‘zining
hayot-
chanligini saqlab turishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: