175
qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining
nomi va hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag‘ning raqam va so‘z bilan
yozilgan summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o‘zidagi imzo
namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan
barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga
kiritadi va to‘lov hujjatlarini imzolab, elektron to‘lov tizimi orqali ularni joriy
nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Dostları ilə paylaş: