Bank hisobi va audit


-rasm.  Bank bo’linmalari (ofislari)ning administrativ-moliyaviy



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

4-rasm
Bank bo’linmalari (ofislari)ning administrativ-moliyaviy 
tuzilishi
9
Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil ko’rinishda amalga oshadi: 
dastlabki, joriy va so’nggi. 
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni nazoratga 
olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o’rnatilgan 
mezonlarga 
amal 
qilinishini 
nazorat 
qiladi. 
Ushbu 
mezonlar 
xizmat 
yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti, 
ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi.
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar 
bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. 
Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga to’laqonli amal qilishi ham 
nazorat ostiga olinadi.
9
 
www.allbest.ru
 materiallari

Nazorat bo’linmalari 
Bosh buxgalter 
Boshqaruvchi 
O’rinbosar 
Yordamchi 
bo’limlar 
kassirlar 
Moliyaviy-operatsion 
bo’limlar 
Pul mablag’larini 
saqlash va qabul qilish 
guruhlari 


32 
So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish 
imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to’la 
nazorat qilinadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida 
xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga 
ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini 
to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi 
kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib
xodimlarni murakkab amaliyotlar bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish 
eng asosiy vazifalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy 
nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis 
xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi, 
ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash 
maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro shartnomalar asosida 
xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi 
ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi 
jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak: 
- Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy 
hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
- Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi; 
- Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l 
qo’yilmaganligi; 
- Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan 
namunalarga mosligi va boshqalar. 
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob 
hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi: 
- Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; 
- Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami 
o’zgartirilgan bo’lsa ; 
- Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan 
bo’lsa; 
- To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri 
mavjud bo’lmagan holda; 
- Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli 
mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga 
to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari mijozning 
hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son 
kartatekaga qabul qilinadi); 
- To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan 
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa.
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob-
kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng amalga 
oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi; 


33 
- Dastlabki 
nazoratdan 
o’tkazilgan 
to’lov 
hujjatlarining 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi 
va 
ularning 
electron 
nushalarining 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi; 
- Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o’zlarida mavjud muhr izi va imzo 
namunalari bilan solishtiradi; 
- To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi 
buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi; 
- Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to’lov 
hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga 
oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat farmoyishlarining 
nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi. 
Yakuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so’ng, kunlik 
operatsiyalar uchun asos bo’lgan hujjatlar o’rnatilgan tartibda tikilib va 
rasmiylashtirilib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat 
xodimlari bankning electron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va 
elektron nushalarini nazoratdan o’tkazadi. Yakuniy nazorat xodimi bank 
operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va 
ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq 
bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot 
rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak: 
1) o’z aktivlari butligini ta'minlash; 
2) hisobot ma'lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish; 
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish. 
Maskur qo’yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda tijorat bankining 
har bir tarkibiy tuzilmasi o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki 
nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib 
tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kirishi 
lozim. Aksiyadorlar ham Bank kengashi va Taftish komissiyasi orqali o’z ichki 
nazoratini amalga oshiradilar. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks 
yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish 
va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni 
taminlaydi. OATB “Hamkorbankda” Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va 
tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida 
ma’lum vazifalarni bajaradi: 


34 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin