61
6.
Avval pul to‘lanishi yoki tovar jo‘natilishini (xizmat ko‘rsatilishi)
tomonlar o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiradilar, ya’ni avval pul to‘lab keyin
tovarni olish mumkin, yoki aksincha, avval tovarni olib, undan so‘ng uning pulini
to‘lash mumkin.
7.
To‘lovni kafolatlash maqsadida, yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovar
yoki ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to‘langandan
so‘nggina tovarlar jo‘natiladi yoki xizmatlar ko‘rsatiladi.
8.
Mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha nizolarga bank aralashmaydi,
nizolarni ularning o‘zlari hal qilishlari lozim, aks holda nizolar xo‘jalik sudlari
yordamida hal qilinadi.
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
to‘g‘risida”gi Nizom Fuqarolik kodeksi, “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Banklar
va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari
to‘g‘risida”gi qonunlari va Markaziy bankning O‘zbekiston hududida naqd pulsiz
hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab
chiqilgan. Lekin hozirga qadar ushbu Nizomga bir necha marta qo‘shimcha va
o‘zgarishlar kiritilgan.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko‘zda tutilgan va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali
amalga oshiriladi:
-To‘lov topshiriqnomalari;
-To‘lov talabnomalari;
-Inkasso;
-Akkreditivlar;
-Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
-Plastik kartochkalar;
-Memorial orderlar;
To‘lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma
asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda
tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag‘larni mol
sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq
qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Hisob-kitoblarning alohida shakllarining
mazmuni, ular bo‘yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda
rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: