95
Debet 22408 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha hisoblangan
foizlar”
Debet 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlar-
ning tegishli mos hisobvarag’i”
Kredit – “Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit
hisobvarag’i”
Lizing oluvchi bank tomonidan lizing ob’ekti bo’yicha amortizatsiya
ajratmalari “O’zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya
hisobi to’g’risida Yo’riqnoma” (ro’yxat raqami 1434, 2004 yil 17 dekabr) talablari
asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 56626–“Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish
huquqi bo’yicha eskirish summasi
”
Kredit 16519–“Ob’ektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish
huquqi bo’yicha yig’ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Lizing ob’ektini yillik qayta baholash lizing oluvchi bank tomonidan
qonunchilikda o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Lizing ob’ektini lizing
oluvchi bankka o’tkazish quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali amalga
oshiriladi:
Debet 16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvaraq)”
Debet 16519–“Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish
huquqi bo’yicha yig’ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”
Kredit 16515–“Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish
huquqi”
Kredit
165xx–“Yig’ilgan
eskirish summasi (tegishli mos
hisobvaraq)”
Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi bankka lizing ob’ektining
sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan
bo’lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlar”
Kredit –“Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit
hisobvarag’i”
Dostları ilə paylaş: