53
hisobvaraq egasining arizasiga ko’ra;
korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko’ra;
korxona tugatilganda;
bank talabi bilan.
Asosiy hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining
farmoyishiga ko’ra, hisobvaraqdagi pul mablag’lari surishtiruvchi, tergovchi qarori
bo’yicha yoki sud ajrimiga ko’ra xatlanganda to’xtatib qo’yiladi.
Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank
talabiga ko’ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko’ra bank hisobvarag’i shartnomasi
sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
- Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko’rsatilgan minimal
miqdorda hisobvaraqda pul mablag’larini ushlab turmasa va bu haqda bank
tomonidan ogoxlantirilgandan so’ng, bir oy ichida belgilangan summaga
etkazilmasa;
- Agar shartnomada boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, korxona
hisobvarag’i bo’yicha 1 yil davomida operatsiyalar o’tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag’lari qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasiga
ko’ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga binoan
boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi Bank hisobvarag’i shartnomasining bekor
qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: