25
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas’ul xodim ilovasi bor bo‘lgan
hujjatlarda bu ilovalar qanchaligi ko‘rsatilganini va ular haqiqatan ham
mavjudligini sinchiklab tekshirishi lozim.
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kundan kechiktirilmay, yuqorida
qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Qoida bo‘yicha bu hujjatlar har kuni
tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo‘yicha
ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolari
bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun)
buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning
stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi
uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir
javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlarga doir
ma’lumotlar kassa hujjatlari bo‘yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter
yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzolagan talabnomalar asosida olinadi.
Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir yoki joriy arxivni
boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar
ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir
tuzatishlar va yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning yozma
ruxsati bo‘yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.
Dostları ilə paylaş: