Bank huquqi


BANKNING MOLIYAVIY AHVOLI



Yüklə 83,28 Kb.
səhifə2/8
tarix03.02.2023
ölçüsü83,28 Kb.
#122949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bank huquqi fani Hasanov Jamshid

BANKNING MOLIYAVIY AHVOLI
Markaziy bankning ustav kapitali miqdori ikki milliard so‘mdan iborat. Ustav kapitali miqdori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq oshiriladi.
Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga berilishi yoki undan zakalat sifatida foydalanilishi mumkin emas.
Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:
ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan so‘ng;
umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar amalda baholanganidan so‘ng aniqlanadi.
Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining o‘zgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil bo‘ladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar bo‘yicha qayta baholash fondiga kiradi.
Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi.
Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq maqsadli turli rezervlar va fondlar shakllantirilishi mumkin.
Aniq maqsadga yo‘naltirilgan rezervlar va fondlar belgilangan tartibda to‘ldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika budjeti daromadiga yo‘naltiriladi.
Yillik hisobot ko‘rib chiqilmaguncha foydaning respublika budjetiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Markaziy bankning hisobot davri 1-yanvar — 31-dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15-maydan kechiktirilmay Oliy Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi mustaqil auditor tashkilotlar tomonidan har yili o‘tkaziladi.
MARKAZIY BANKNI BOSHQARISH
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi.
Boshqaruv (o‘n bir) kishidan iborat bo‘ladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek bankning asosiy bo‘linmalari rahbarlari kiradi.
Markaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolarini (Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tasdiqlaydi.
Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:
monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;
banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini o‘tkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko‘rib chiqadi;
bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyati, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkazib turiladi.
Boshqaruv majlislarini Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek Boshqaruvning kamida uchta a’zosining talabnomasi bo‘yicha chaqirilishi mumkin.
Boshqaruv majlislariga Markaziy bank Raisi, u bo‘lmagan paytlarda esa, o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelgan taqdirda Markaziy bank Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Boshqaruv majlislari, qoida tariqasida, yopiq tarzda o‘tadi.
Boshqaruvning to‘xtami qaror shaklida qabul qilinadi.
Markaziy bank Raisi:
Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, ushbu Qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi;
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi;
ayrim masalalarni hal qilishni o‘zining o‘rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank Raisi bo‘lmagan paytda uning vazifalarini o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Markaziy bank Raisi quyidagi asoslar bo‘yicha:
vakolat muddati tugaganida;
iste’foga chiqishni so‘rab, sabablarini ko‘rsatgan holda yozgan shaxsiy arizasiga ko‘ra;
jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;
o‘zining xizmat vazifalarini salomatligiga ko‘ra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
egallab turgan lavozimiga munosib bo‘lmagan xatti-harakatlar qilganida, shu jumladan ushbu Qonunni qo‘pol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar yetkazganida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.

Yüklə 83,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin