Bank-moliya xizmatlari



Yüklə 459,5 Kb.
səhifə1/9
tarix07.05.2023
ölçüsü459,5 Kb.
#126533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi MADAMIN


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA
SERVIS INSTITUTI

“BANK-MOLIYA XIZMATLARI” FAKULTETI Bank ishi fanidan KURS ISHI


MAVZU ; Lizing kompanyalari va ularni iqtisodiyotdagi o’rni
Bajardi: BI 421 guruh talabasi Karimov Madamin
Qabul qildi:__________________________
lmiy raxbar_________________________


SAMARQAND-2023
REJA:
KIRISH


ASOSIY QISM
I BOB : LIZINGNING IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI VA METODOLOGIK ASOSLARI

1.1. Lizing munosabatlari, uning mohiyati va rivojlanish bosqichlari


1.2. Lizing munosabatlarini amal qilish jihatlari va xususiyatlari
1.3 Lizing turlari va uning tavsifi


II BOB LIZING KOMPANIYALARINI BOSHQARISHNING NAZARIYA ASOSLARI
2.1 Lizing kompaniyalarini samarali boshqarishning ilmiy asoslanganligi
2.2 Lizing munosabatlari xaqida tushuncha va uning boshqarishning asosiy omillari
2.3 Rivojlangan mamlakatlarda lizing kompaniyalarini boshqarishdagi ijobiy tajribalari
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekistonning sanoat korxonalari oldida bir qator muammolar vujudga keldi.Bu muammolar ichida raqobatchilik o‘sib borayotgan sharoitlarga moslashish,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxining yuqoriligi sababli sotuv bozoriningqisqarishi, to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar, xom-ashyo va materiallar yetkazib beruvchi ta’minotchilarni izlab topishdagi qiyinchiliklar hamda moliyaviy resurslarning cheklanganligi eng asosiylari hisoblanadi. Hozirgi paytda korxonalar o‘z o‘rnini yo‘qotmaslik uchun bir qator xususiyatlarga – moslashuvchanlikka, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga, ishlab chiqarilayotgan tovar assortimentini tez o‘zgartira olish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun korxonalar zamonaviy ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lishlari zarur, bu esa katta miqdorda investitsiyalar jalb etishni talab qiladi.
Yuzaga kelgan vaziyatda respublikamiz uchun an’anaviy bo‘lmagan yangi
investitsiya manbalarini izlab topish zarur. Oxirgi yillar mobaynida asosiy ishlab
chiqarish fondlarini sotishning asosiy shakllariga muqobil sifatida lizing
faoliyati namoyon bo‘lmoqda. U tadbirkorlikda yangi, yanada kuchli
motivatsion stimullarni yaratadi, ishlab chiqarishga yangi texnikalarni kiritishni
tezlashtirishga ko‘maklashadi.
Lizing nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda ham
tadbirkorlik faoliyatining eng yosh turlaridan biri hisoblanadi. Lizing XX
asrning 50 - yillarida AQSHda paydo bo‘lib, 60 - yillarning boshidayoq butun
Yevropada keng tarqala boshladi hamda mablag‘larni asbob-uskunalarga
investitsiya qilishning eng samarali va ishonchli usuli sifatida tan olindi. AQSH
va G‘arbiy Yevropada lizingning bunday jadal sur’atlarda rivojlanishida
davlatning roli kattadir. Davlat sezilarli soliq imtiyozlari, amortizatsiya va kredit
imtiyozlarini taqdim etish yo‘li bilan lizingning rivojlanishi uchun qulay
sharoitlar yaratib berdi.
Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish.
Lizing (ing. lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri. L.ning, asosan, moliyaviy va oddiy turi bor. Moliyaviy L. — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy L. — ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. L. kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. L.da ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni L. kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar L. shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. L. kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
L. investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. L. korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi.
Oʻzbekistonda birinchi L. kompaniyalari 1994-yildan boshlab tashkil etila boshladi. 2003-yilda 6 ta L. kompaniyasi ishladi. Oʻzbekiston Respublikasida L. munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14 aprelda kabul qilingan "Lizing toʻgrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. L. boʻyicha amaliy ishlarni olib boradigan "Oʻzbeklizing Interneyshnl" (1995)

Yüklə 459,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin