Banklarda depozit operatsiyalari hisobi


har chorakda kamida bir marta



Yüklə 22,87 Kb.
səhifə3/5
tarix25.10.2022
ölçüsü22,87 Kb.
#118609
1   2   3   4   5
Banklarda depozit operatsiyalari hisobi

har chorakda kamida bir marta tekshirishlari lozim. Banklar aholi omonatlarining mavjudligini, ularning omonat daftarchalari (sertifikatlar)ga muvofiqligini tekshirishda «Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga rioya etgan holda «SMS-banking» dasturidan foydalanishlari mumkin. Bunda banklar Markaziy bankka tekshiruv oʻtkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim. Aks holda, tekshiruv oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Hujjatda omonat daftarchasini rasmiylashtirish boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar mavjud, Xususan, belgilanishicha, naqd pulda bajarilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi barcha qaydlar kassir imzosi bilan tasdiqlanishi shart. 
Aniqlashtirilishicha, jamgʻarma omonat hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar (masalan, omonatchi topshirigʻi asosida bank uning jamgʻarma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlarga yoki kommunal toʻlovlarga yoʻnaltirishi mumkin) omonatchi jismoniy shaхslar yoki ularning qonuniy vakillarining yozma topshirigʻiga koʻra (ilgari – omonatchi jismoniy shaхslar хohishiga koʻra) amalga oshirilishi mumkin.
Avvalgidek, omonatchi jamgʻarma yoki muddatli omonat summasini bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. Endilikda aniqlashtirilishicha, muddati tugagan jamgʻarma yoki muddatli omonatlar boʻyicha talab qilib olinguncha omonat shartlari asosida foizlar hisoblanadi va bu haqda omonat shartnomasida koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Aniqlashtirilishicha, muddatli va jamgʻarma omonatlar muddati tugaganidan soʻng bank omonat shartnomasining muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochilmaydi va omonat hisobi oldingi hisobvaraqda davom ettiriladi.
Bundan tashqari, shartnomada koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin muddatli va jamgʻarma omonat mablagʻlarini boshqa hisobvaraqlarga omonatchi yoki uning ishonchli vakilining ishtirokisiz oʻtkazish 
Yüklə 22,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin