Bank ustavida «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning 8-moddasida belgilangan yuqoridagi talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagilarni, yani: bankka yuridik shaxs maqomini berish to’g’risidaginizom;
bankka qarashli muassasalar ro’yxati, ularning maqomi;
bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to’xtatish tartibi;
faoliyat to’g’risidagi malumotlarni matbuotda elon qilish majburiyati (tartibi);
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o’zaromunosabatlarini ham o’zida aks ettirgan bo’lishi lozim.
Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlar va masuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak. Tijorat banklar ustaviga o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar munosabati bilan kiritiladi va ular belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Birinchidan, katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo’lib qolishga olib kelishi mumkin, chunki ular haddan tashqari katta qo’yilgan stavkali kreditdan voz kechishlari aniq, ikkinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidan bir qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Daromadlilik (foyda ko’rish) qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo’la olmaydi. Bank tijoratning bu qoidasi asosan «Arzonroq sotib olish, qimmatroqqa sotish» formulasi orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga madaniy yondashmoq lozim. U qonunchilikka tayanishi, unga aslo zid kelmasligi, binobarin, bunda shunday shart-sharoit yaratilish kerakki, har bir bank o’zining tijorat ishlarini amalga oshirayotganda bank xizmati bozori haqida bab-baravar axborot olish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Tijorat nuqtai nazardan qaraganda, bekor yotgan resurslar bo’lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, bankning hamma pullari, barcha resurslari imkon qadar ishlashi lozim. Biroq haqiqiy ahvol shundan iborat bo’ladiki, mablaglarning bir qismi zaxiraga qo’yiladi, u muomalada kamroq qatnashadi yoki umuman ishtirok etmaydi, yana bir qismi esa