Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/379
tarix17.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#115342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI

Sh.Sh.ShODMONOV, E.G‘.NABIEV, U.V.G‘AFUROV
IQTISODIYoT NAZARIYaSI
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun
O‘QUV QO‘LLANMA

Toshkent-2007
KIRISh
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to‘qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‘z fikri, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o‘z kelajagini o‘z qo‘li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‘ladi».1[1]

Ayni paytda Prezidentimiz asarlaridan, ayniqsa Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o‘z yechimini topmagan muammolar, hal kilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Ko‘pgina korxonalarning zarar ko‘rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning, mulkdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, iqtisodiyotda ular ulushining kamligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin o‘sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.

Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.

Shuning uchun barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan, lekin hajmi cheklangan bo‘lganligi uchun ko‘pgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun o‘quv qo‘llanmada kamchilik va munozarali jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek takrorlash va munozara uchun savollar ham berildi.

Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan noiqtisodiy yo‘nalishlardagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tinglovchilari, litsey o‘quvchilari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin