birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog‘ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‘lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi.
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir.
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o‘rtasidagi farqdan iborat:
.
Bundan ko‘rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.
Dostları ilə paylaş: |