Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish


Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə280/379
tarix17.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#115342
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   379
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YaIM o‘rniga SMMning qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.

Иқтисодий мувозанатнинг мазмуни ва таркибий тузилиши




Кўриниши бўйича




Макроиқтисодий




Микроиқтисодий




Хусусий




Таъминланиш муддатлари бўйича




Ўрта муддатли




Қисқа муддатли




Бир лаҳзалик




Таркибий тузилиши




Иқтисодий мутаносиблик




Иқтисодий нисбатлар




Узоқ муддатли





1-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi.


Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo‘ladi (2-chizma). Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45 burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi.


Yalpi xarajatlar,

S+In

(S+In=SMM)

S+In

S

Ye Retsession

(S+In)E farq


Inflyatsion

farq

In






45

SMME Real ishlab chiqarish hajmi, SMM



2-chizma. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar (S+In) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (In) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.

Chizmada iqtisodiy muvozanatga Ye nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga (S+In)E teng keladi.

To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko‘rinishida ifodalangan. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin