Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot o‘zgarishining investitsiya sarflaridagi o‘zgarishga nisbati:
.
Yoki, multiplikator koeffitsientini quyidagicha ifodalash ham mumkin:
.
Bundan kelib chiqqan holda:
Investitsion sarflardagi o‘zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o‘zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, jamg‘arma va investitsiya darajasi ham o‘ziga xos chegaralarga ega bo‘lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi. Klassik nazariya qarashlariga ko‘ra, jamg‘arma investitsiya manbai bo‘lib, jamg‘armaga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o‘zgacha kechishi ta’kidlanadi. Chunki, rivojlangan mamlakatlarda jamg‘armaga bo‘lgan intilish investitsiyalashga bo‘lgan intilishdan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilmalarning muqobil imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o‘sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo‘shilgan samaradorligi pasayib boradi;
ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o‘sishi bilan jamg‘armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy daromad hajmi va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmasa, hosilaviy investitsiyalar milliy daromadning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo‘shimcha ravishda o‘sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi ro‘y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan ma’noni anglatadi).
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o‘ziga xoslik shundaki, u milliy daromadning o‘sishiga qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning qisqarishiga ham shu darajada ta’sirchan bo‘ladi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan ham tezroq qisqarishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. Bunday sharoitda jamg‘armaga bo‘lgan moyillikning o‘sishi o‘z navbatida iste’molga bo‘lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining qisqarishi esa mavjud tovar va xizmatlarning sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab chiqarish zahirasining ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo‘yilmalar amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o‘sishi va daromadlarning pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jamg‘armaning haddan ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni - «tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni quyidagi chizma orqali ham ko‘rib chiqish mumkin (4-chizma):
S,I F
S1
S
Ye1 Ye I
Ye0
0
N1 N Milliy daromad
Dostları ilə paylaş: |