Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə320/379
tarix17.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#115342
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   379
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

Iste’mol kreditixususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to‘lash bilan sotish shaklida yoki iste’mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.

Ipoteka krediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.

Davlat krediti – kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib chiqadi. Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.

Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, farfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.



Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin