3-jadval. To‘lov balansining tuzilishi.
I. Joriy operatsiyalar hisobi
|
1. Tovar eksporti
|
2. Tovar importi
|
Tashqi savdo balansi qoldig‘i
|
Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va h.k. - kreditli xizmatlar)
|
Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. - kreditli xizmatlar)
|
5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)
|
6. Sof transfertlar
|
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i
|
II. Kapital harakati hisobi
|
7. Kapital kirishi
|
8. Kapital oqib chiqishi
|
Kapital harakati balansi qoldig‘i
|
Joriy operatsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig‘i
|
III. Rasmiy zahiralarning o‘zgarishi
|
Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko‘proq miqdorda foiz va dividend keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo‘ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larning boshqa mamlakatlarga o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a, chet elga pul o‘tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha ifodalanadi:
X
|
-
|
M
|
=
|
Xn
|
=
|
Y
|
-
|
(S+I+G)
|
eksport
|
|
import
|
|
sof eksport
|
|
YaIM
|
|
absorbsiya
|
Absorbsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.
Kapital harakati balansi
|
=
|
Aktivlar sotishdan tushumlar
|
_
|
Chetdan aktivlar sotib olishga sarflar
|
Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zahiralarini ko‘paytiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo‘yicha operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zahiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zahiralar miqdorining o‘zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |