Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish


Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə102/379
tarix17.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#115342
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   379
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.

Bu yerda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi.

Qog‘oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:

1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;

2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;

3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi.

Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:

,

bu yerda:

NI – narxlar indeksi;

TNj – joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi;

TNb - bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi.

Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining quyidagi turlarini hisoblash mumkin:

- iste’mol narxlari indeksi;

- ulgurji narxlar indeksi;

- narxlar indeksi – YaIM deflyatori;

- eksport va import narxlar indeksi.

Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur’atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

.
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin